Catira
16 may 2018

Kremlparast «matbuot» O‘zbekistonning AQShga yaqinlashuvidan xavotirda

Mirziyoevning AQShga safari boshlangan 16 mayda Rossiya nashrlari IShIDning 5000 jangarisi O‘zbekistonga hujum qilishga tayyorligi haqida feyk xabarlarni tarqatdi.

Go‘yoki O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining AQSh elchixonasiga yozgan xati bu maqolalarga asos sifatida dastaklangan. Biroq uni chop etgan nashrlar ham maktubning tasdiqlanmaganini bildirishadi.

Maktubda Rossiya maxsus xizmatlarining mamlakatda faol emasligi bois, «terrorchilar so‘nggi nishonlarini» O‘zbekistonga qaratgani iddao qilinadi.

Rossiya Federatsiyasida qayd etilgan «Gosnovosti», «Mir tesen», «Politiks.ru» kabi Internet nashrlari chop etgan bu maqolalarda O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining iliqlashuvidan xavotir seziladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 noyabr 2019
10 noyabr kuni Turkiyada otib o‘ldirilgan uyg‘ur aslli tadbirkor Ayerken Saymaiti jurnalistlarga taqdim etgan materiallarda Toshkentdagi mashhur “Abu-Saxiy” bozori ...
14 yanvar 2018
13 yanvar kuni Toshkentda taniqli o‘zbek yozuvchisi Nosir Fozilov 88 yoshida vafot etdi. Adibni yaqindan bilgan kishilar uning kamtar ...
7 sentyabr 2017
7 sentyabr kuni, «Do‘stlik» KPPning rasmiy ochilishidan bir kun o‘tib, o‘shlik huquq himoyachisi Izzatulla Raxmatullaev chegaraning yana yopilgani haqida ...
13 sentyabr 2018
Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 12 centyabr kuni sobiq O‘zbekiston bosh prokurori 66 yashar Rashid Qodirov ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...