Catira
25 may 2018

Mirziyoevni «qahramon» qilishga 10 ming ovoz yig‘ildi

Kimligi unchalik muhim bo‘lmagan shaxs tomonidan «Mening fikrim» ijtimoiy portalida prezident Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida bildirilgan taklif 24 mayga kelib 10 ming ovoz yig‘di.

Ayni kunda Mirziyoev shaxsiga sig‘inish, to‘g‘rirog‘i, O‘zbekistondagi oliy mansab egasiga mutelik tendentsiyasi o‘z cho‘qqisiga yaqinlashmoqda.

O‘zLiDep partiyasi vakillari prezident oliylariga tezroq «Oltin yulduz» berish ishtiyoqida chopayotgan bo‘lishsa, Xalq ta'limi vazirligi 25 may kuni bitiruv kechasi o‘rniga Mirziyoevning gaplari shior qilingan tadbirni barcha maktablarga joriy qildi.

Hammasi xuddi qirol Lyudovik davridagi kabi «kimdir poyondoz keltiradi, kimdir lungi ushlab turadi» qabilida davom etmoqda.

Mirziyoevga orden berishga intilayotgan o‘zbeklar rassom Tuzning yangi karikaturasiga mavzu bo‘ldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 sentyabr 2017
20 sentyabr kuni Rossiya Havfsizlik Kengashi (SB) kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keldi va O‘zbekiston Havfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov ...
19 avgust 2024
Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha ...
20 dekabr 2020
Rossiyaning iqtidordagi «Yedinaya Rossiya» partiyasi deputatlari Qozog‘iston yerlarining bir qismi Rossiyaniki, deya uni qaytarish lozimligini ta'kidlamoqda. Qozog‘iston jamoatchiligi va ...
13 may 2019
O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10 may ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...