Catira
7 iyun 2018

XMT seminarida ortiqcha gapirmaslik buyurildi

Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

«Kasaba uyushmalari federatsiyasining Farg‘ona viloyati vakili bizga savol bermaslikni qattiq tayinladi. Majburiy mehnat yo‘qligini aytishimizni buyurdi”, deydi seminar qatnashchilaridan biri «Eltuz» muxbiriga.

Uning hikoya qilishicha, Svetlana Yegorovaning “paxta nima”, deya bergan savoliga hamma “milliy boyligimiz», deya javob bergan.

Ma'ruzachi shunda “tillachi?” deb so‘ragan. Va o‘zi “Nega O‘zbekiston hukumati tilla koniga birorta ham begona odamni, o‘qituvchi yoki shifokorni kiritmaydi-yu, paxta dalalariga ommaviy tarzda qo‘yvoradi?

Agar paxta ham milliy boylik bo‘lsa, uni ham hukumatning o‘zi tilla konini qo‘riqlagandek qo‘riqlasa bo‘lmaydimi», deya seminar ishtirokchilariga murojaat qilgan.

Shuningdek, ma'ruzachi, “Men boshqa davlat vakili bo‘lsam ham hashar degan udumingizni tushunaman. Hashar bir yoki uch kungacha bo‘lishi mumkin. Lekin paxta hashari nima uchun ikki oylab davom etadi?” deya so‘ragan.

Svetlana Yegorova qatnashchilarga O‘zbekistondagi paxta yig‘im-terimi majburiy mehnat ekanligini misollar yordamida tushuntirib bergan.

«Yig‘ilganlar kasaba uyushmalari viloyat kengashi vakili tomonidan qattiq nazorat qilib turildi. Ortiqcha savollar berilmadi», deydi «Eltuz» suhbatdoshi.

Kasaba uyushmalari: himoyachimi yoki nazoratchi?

Mehnat huquqi bo‘yicha ekspert Andrey Mrost tomonidan 2015 yilda o‘tkazilgan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi: mehnatkashlar tashkilotimi yoki ishchilarni nazorat qilish vositasimi?» mavzuidagi taqdiqot xulosalarida quyidagilar qayd etiladi:

«O‘zbekistonda mehnatkashlarning manfaatlari go‘yoki O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (O‘KUF) tomonidan himoya qilinadi va olg‘a suriladi. Ustavida bu federatsiya hukumat va ish beruvchilardan mustaqil va demokratik tashkilot ekani yozib qo‘yilgan.

2015 yilda O‘KUF Kasaba uyushmalar xalqaro konfederatsiyasi (KUXK)ning uyushgan a'zosi maqomini qo‘lga kiritdi va unga xalqaro tan olingan mehnat me'yorlarini hayotga tatbiq etish faoliyatidagi o‘sishlarni doimiy ravishda xabar qilib turish sharti qo‘yildi.

Mustaqil kuzatuvchilar har yili kattalar terimchi sifatida paxtaga yanada ko‘proq majburiy safarbar etilayotgani haqida xabarlar tarqatayotganiga qaramay, garchi O‘zbekistonda kattalar majburiy mehnatining boshqa turi (masalan, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar ishdan bo‘sh vaqtlarida shifoxona va maktablarni tozalashga tekinga jalb etiladi) gullab-yashnayotgan bo‘lsa-da, O‘KUF o‘z imkoniyatlaridan umuman foydalanmadi, shuningdek, suiiste'molliklar to‘g‘risida XMT yoki KUXKga ma'lum qilish majburiyatini bajarmadi.

Buning o‘rniga, federatsiya O‘zbekiston hukumati va ish beruvchilarning qilg‘iliklarini zo‘r berib himoya qilmoqda. Bundan tashqari, inson huquqlari buzilishiga qarshi kurashish yoki oddiy a'zolarining manfaatlarini olg‘a surish uchun biror marta ishchilarning chiqishlarini uyushtirmadi va jamoaviy muzokaralarda ishtirok etmadi.

Aksincha, u ishchilarni hukumat tomonidan ko‘rsatma berilgan dasturlarni bajarishga jalb etadi va hukumat tomonidan ish haqi, ish soatlari, shart-sharoitlari va hokazolar aniq ko‘rsatib berilgan jamoaviy shartnomalarni tuzadi».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 avgust 2020
“O‘zbekiston” telekanali orqali 2020 yil 26 avgust kuni uzatilgan ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuv ekspertlari yana bir bor yirtiq kiyim bosh kiyishni qoralab chiqishdi. So‘zga chiqqanlardan ...
14 iyun 2024
Rus shovinist ashulachisi Oleg Gazmanov o‘zining “Rus dunyosi” deya atalgan yangi qo‘shig‘ida sobiq sovet mamlakatlariga tanklarda kirib borish bilan ...
6 avgust 2023
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” gazetasining bosh muharriri G‘ulomjon Hamzaev Eltuzga maktub yo‘llab, mamlakat rahbariyatidan tuman hokimi Zafar Ro‘ziev ...
17 dekabr 2021
Kun chiqdi. Kun botdi. Oldingi spichdan keyin roppa-rosa 6 marta tong otdi. Eng uzun yaldo tuni ham ortda qoldi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...