Narxu navo oshganda…
O‘zbekistonda non narxining ikki barobar o‘sishi ortidan oktyabr oyida elektr, gaz, suv va benzin narxlari ham oshadigan bo‘ldi.
Hukumat «energoresurslar iste'moliga ijtimoiy me'yorlarni joriy etish»ni muhokama qilayotgani haqida gazeta.uz nashri xabar berdi.
Energetika va yonilg‘i narxlarining oshirilishi haqidagi xabarlar erkin narxlardagi boshqa mahsulotlar narxiga ham ta'sir etib, bozorda kunora oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshmoqda.
Davlat statistika hisobotiga ko‘ra, umumiy narx-navo bilan bir vaqtda sentyabr oyida avgust oyiga nisbatan eng ko‘p o‘sish oziq-ovqat mahsulotlari narxiga to‘g‘ri kelgan edi.
Davlat statistika idorasi 1 oktyabrda e'lon qilgan hisobotiga ko‘ra, sentyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi oldingi oyga nisbatan o‘rtacha 1,8 foiz ko‘tarilgan.
Tabiiy gaz, issiqlik, elektr narxlari oxirgi marta 2017 yilning iyulidan o‘rtacha etti foiz, suv va kommunal narxlari tarifi esa joriy 2018 yilning fevralida oshirilgan edi.
Rassom Tuz
eltuz.com