chorshanba,
18 dekabr 2024
21 yanvar 2019
Feysbuk kremlparast trollarni yo‘q qildi
Facebook shirkati 17 yanvar kuni Kreml loyihasi bo‘lgan «Sputnik» nashri tashviqotiga xizmat qilgan tarmoqdagi yuzlab sahifalar va akkauntlarni o‘chirdi.
Ular orasida prezident Mirziyoev tarafdorlari boshqarayotgani iddao qilingan sahifa ham bor.
Shu kuni «Eltuz» nashri sahifalarning o‘chirilishidan tashqari, o‘zbek segmentidagi guruhlarga a'zo yuzerlar sonining keskin kamayganini ham kuzatdi.
Masalan, a'zolari soni 200 mingdan oshiq bo‘lgan «Xalq bilan muloqot» guruhining ma'murlari shu kuni birdaniga 65 mingga yaqin a’zosi «yo‘qolib qolgani»dan shikoyat qilishdi.
Ko‘plab o‘zbeklar shu kundan instagram va feysbukdagi «ko‘plab do‘stlari» xayrlashuvni ham nasiya qilib tark etishganini kuzatishdi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com