chorshanba,
13 noyabr 2024
25 fevral 2019
Prokuratura Ixtiyor Abdullaev qoldiqlaridan tozalanmoqda
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga olinmoqda.
DXX raisining bojasi va sobiq maslahatchisi Alisher Eshonxo‘jaev hibsga olinib, tergov qilinmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahri prokuraturasi tergovchisi Ashraf Eshonxo‘jaev, O‘zbekiston bosh prokuraturasi departamentida bo‘lim boshliqligidan bo‘shatilgan Hasan Eshonxo‘jaev ham ushlangan. Bu sobiq mulozim qarindoshi, DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevga qarshi ko‘rsatma bermoqda.
Ayni paytda bir yil muqaddam prokuratura tizimidan bojxonaga o‘tkazilgan 28 amaldor ishdan chetlatilib, ularning ba'zilari ustidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Rassom Tuz
Eltuz.com