Catira
19 mart 2019

Prezident 1200 ga yaqin prokurorni qisqartirdi

Prezident Mirziyoev 15 mart kungi farmoni bilan prokuratura idoralaridagi 1 198 shtatni qisqartirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Prezidentning «Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, 1 apreldan boshlab prokuratura tizimidagi shtatlardan tashqari ko‘plab lavozimlar, bo‘limlar, boshqarmalar tugatiladi.

Prezident Mirziyoev bundan ilgari 2017 yilning 2 avgustidagi chiqishida 80 foiz prokurorlarni ishdan haydashini va ularni ochiqchasiga yomon ko‘rishini aytib, «g‘o‘daygan o‘g‘rilar» va «ilgarigi davrdan qolgan axlat», deya so‘kkan edi.

«Men o‘zi prokuror degan odamni juda yomon ko‘raman. O‘zi birinchi o‘g‘ri ular. Hammani tag‘in o‘g‘rilikka da'vat qiladi”, degan edi Shavkat Mirziyoev videoselektor yig‘ilishida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 noyabr 2024
Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix – bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq ...
24 avgust 2020
Respublika iqtisodini ko‘tarish uchun, eng avvalo, yer xususiylashtirilishi kerak, deya hisoblaydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi ...
20 noyabr 2024
Joriy yilning 7 noyabrida Turkiya telekanallaridan birida Mezat Shou degan ko‘rsatuvda Ummuxon O‘zdan ismli hijob o‘ragan stendapchi xotinning “o‘zbek ...
16 fevral 2022
Karimova egalik qilgan mol-mulkni O‘zbekistonga qaytarish haqidagi Fransiya qaroriga Islom Karimov e'tiroz bildirib chiqdi. 15 fevral kuni O‘zbekiston Adliya ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...