Catira
9 aprel 2019

Toshkent hokimining rus millatchilari tadbiriga izn bergani tarmoq tanqidiga uchradi

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev poytaxt bo‘ylab 9 may kuni Rossiyaning «O‘lmas polki» yurishi o‘tkazilishiga 4 aprelda rasman ruxsat berdi.

Rus armiyasiga oshiq o‘zbek poytaxti hokimi toshkentliklarga urushda o‘lgan askarlar rasmini ko‘tarib, «Mangu olov» yonigacha yurib borishni taklif qildi.

O‘zbekistonda 9 mayni rus armiyasi an'analariga xos nishonlashga har yilgidan oshiqcha g‘ayrat ko‘rsatilmoqda. Shahar hokimining bayonotiga ko‘ra, bu yil 9 mayga atab sovet davridagi «Birodarlik qabristoni» yodgorlik majmuasi ham qayta ta'mirlanadi.

Ayni tadbir ijtimoiy tarmoqda «Bu bizdan emas» fleshmobi faollari tomonidan qoralanmoqda.

«Agar «G‘alaba kuni» Rossiyaning rasmiy kuni bo‘lsa, bu sanani istaganlar borib Rossiya elchixonasida yoki «Rossotrudichestvo» ofisida nishonlashsin», deya taklif qildi tarixchi Anvar Nazir. 

O‘zbekistonda bu tadbir prezident Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin, 2017 yildan buyon, ijtimoiy tarmoqdagi milliy mustaqillik tarafdorlari qarshiliklariga qaramay, o‘tkazib kelinmoqda.

2018 yili Rossiyaning 2-jahon urushiga bag‘ishlangan «O‘lmas polk» tadbiri ijtimoiy tarmoqdagi faollar qarshiligiga duch kelgan va ular «Bu bizdan emas!» fleshmobini boshlashgan edi.

Shundan so‘ng Toshkent shahri hokimligi «O‘lmas polk» yurishi o‘tkazilmaydi, degan xabar tarqatgan, lekin bu O‘zbekistonda rus militaristlari shiorlarining ko‘tarilishiga aslo monelik qilgani yo‘q.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 yanvar 2017
Ijtimoiy tarmoqda yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bola va uning sherigi kechirim so‘radi Bundan ilgari yangi yil kuni ...
11 dekabr 2016
9 dekabr kuni Xyuman Rayts Votch huquq himoyasi tashkiloti Shavkat Mirziyoev nomiga O‘zbekistonda abgor holatda qolayotgan inson huquqlari ahvolini ...
3 may 2020
Hech qachon rus xalqiga kin va nafrat tuymadim. Aksincha, yoshligimda Rusiya bilan bog‘liq ishlarimda (adabiyotda kabi siyosatda ham) juda ...
13 iyun 2023
Gulnora Karimova ayollar qamoqxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazilgani haqida xabarlar kelmoqda. Tafsiloti Eltuzga ma'lum emas. +++ Islom Karimovning birinchi xotinidan ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...