Catira
24 sentyabr 2019

«Trollar”ning egasi kim?

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutasaddilari tashkil etgan “trollar fabrikasi” haqidagi gap-so‘zlar bir necha kundan buyon internetning o‘zbek segmentida qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Qizig‘i shundaki, muhokamachilar bu “fabrika”ning homiysi kim ekani borasida aniq fikr aytishdan o‘zini tiyib kelayotgandek ko‘rinadi.

TATU “trollari”ni birinchi bo‘lib mahalliy jurnalistlarning o‘zlari kashf etgani diqqatga sazovor. Zero, shu paytgacha bunday nozik masalalarni ommaga olib chiqishga jur'atlilar deyarli yo‘q edi.

Masalaning nozikligi shundaki, dunyo mamlakatlarida hukumatlar foydasiga ishlaydigan “trollar”ning egasi, ya'ni homiysi xavfsizlik xizmatlari hisoblanadi.

Shuning uchun o‘zbek “trollari”ning egasi kimligini ochiqlashda shu jihat ustunlik qilayotgani ularning egalarini aniq ko‘rsatishga to‘siq bo‘layotgandek go‘yo.

Sharqshunoslik instituti, Jahon tillari universiteti kabi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham mamlakat xavfsizlik xizmatlariga kadrlar yetkazib beruvchi asosiy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hatto universitetda harbiylashtirilgan fakultet ham mavjud.

Shundan kelib chiqib, TATU “trollari”ning homiysi davlat xavfsizlik xizmatlari deb bemalol aytish mumkin.

Qolaversa, “trollar”ning ishlash yo‘nalishi ham shundan darak beradi.

Ya'ni TATU “trollari”ga hukumat siyosatini qo‘llash maqsadida “Ozodlik”, BBS, “Fergana” saytlariga tegishli izohlar qoldirish vazifasi yuklangan. Buning uchun ularga 200 dollardan ish haqi berilgan.  

“Agar loyihaga rostdan ham xorij valyutasida naqd pul ko‘rinishida mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa, buning ortida kim turibdi va uni kim muntazam ravishda moliyalashtirib bormoqda?” deya savol qo‘yilmoqda.

Bu savolning javobi esa TATU “trollari” oldiga qo‘yilgan vazifalardan ko‘rinib turibdi.

Shularni hisobga olib, turli saytlarning izohlar qismida xuddi Islom Karimovni iloh darajasiga ko‘targanlarning uslubida yozilgan fikr-mulohazalarni o‘qib qolsangiz, bilingki, “trollar” ishlayotgan bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Yana bilingki, “trollar fabrikasi” faqat TATUda emas, boshqa joylarda ham tuzilganiga shubha yo‘q. 

“Eltuz” hamkori
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 iyul 2016
Ukraina va Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida maqsadi ayollar va qizlarga nisbatan qilingan shilqimlik va jinsiy zo‘ravonlikka jamoatchilik e'tiborini tortishga qaratilgan ...
9 mart 2021
«Eltuz»ga qashqadaryolik fuqaro jo‘natgan videoda G‘uzor tumani Qovchin qishlog‘i tibbiyot punkti binosining xarob ahvoli aks etgan. Qishloq tibbiyot punkti ...
23 yanvar 2017
Prezident «puf» degandan keyin tadbirkorlar va ishbilarmonlar gazetasi bo‘lmish «XXI asr»ga (19.01) jon kirayotgandek bo‘ldi. Ha yo‘q, be yo‘q, ...
8 iyun 2017
Muttasil elektr uzilishlari va Internetdagi to‘siqlarga qaramay o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 million 163 ming ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...