Catira
19 noyabr 2019

Ortiqxo‘jaev masalasida partiyalar ajoyib imkoniyatni boy berdi

Ayni saylov avj pallasiga chiqqan payti poytaxt hokimi bilan bog‘liq bunday kompromat chiqishi siyosiy jarayonlar rivojlangan davlatlarda deputatlikka nomzodlar va ularning partiyalari uchun chinakam “go‘sht”ga aylanadi: partiyalar va potentsial deputatlar bu mavzuni “chaynaydi”, hatto jabrdiyda sayt “hal qildik, iltimos, yozmanglar” desa ham ular to‘xtamaydi. O‘zbekistonda partiyalarning reaktsiyasi qanday bo‘ldi?

Boshida partiyalarimiz tormozga uchradi. Umuman boshqa mavzularda ma'ruzalar tayyorlab qo‘yilgan jonli efir payti Ortiqxo‘jaev mavzusi ko‘tarildi. Bahs ishtirokchilari mavzudan xabardormidi, yo‘qmi, bilmadim, lekin bir narsa deyishdan cho‘chishdi.

Undan keyin “Adolat» va O‘zLiDeP bayonot berdi. Alisher Qodirov “audioyozuv haqiqiyligi tasdiqlanmaguniga qadar” “Milliy tiklanish” mavzudan chetda turishini bildirdi.

Men e'tibor bergan ikki jihat:

  • “Adolat” va O‘zLiDePning bayonotlari bir-biriga juda o‘xshaydi. Bir xil mazmunga ega, bir xil fikrlar aytilgan. Siyosiy partiyalar bunaqa janjallardan siyosiy kontekst qidirishi kerak emasmi? Sotsial partiya bo‘lmish “Adolat” nega o‘zidan ketib qolgan kapitalistni tanqid qilmayapti? Nega O‘zLiDeP o‘z elektorati vakili bo‘lmish Ortiqxo‘jaev bilan hamkorlikda muammoni hal qilishga va'da bermadi? O‘sha gap – partiyalarimizning aniq ideologiyasi yo‘q;
  • “Kun.uz” bu ishni to‘xtatsa ham partiyalar to‘xtatmasligi kerak edi. Bu bilan ular elektoratiga faolligini ko‘rsatib bergan bo‘lardi. Lekin partiyalar boshida o‘ylanib qoldi, keyin bayonot bilan cheklandi.

“Partiyalar quruq ‘xayp’ qildi”, deyotgan blogerlarning fikri yanglish. Partiyalar bundan ancha kuchli “xayp” qilishi kerak edi. Ishni oxirigacha olib borishlarini kutgandim. Lekin partiyalar ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. Afsus.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
23 sentyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib, siz bilan birgaman. Kunduzlari issiq bo‘lsa ham, kechga borib qish ...
2 sentyabr 2021
Prezident Mirziyoev 2 sentyabr kuni Islom Karimovni xotirlab, uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Shu kuni mamlakat Oliy Majlisi Senati, ...
17 aprel 2017
«Erk» Demokatik partiyasi lideri Muhammad Solih Qozog‘istonning yil oxirigacha lotin yozuviga o‘tish qarorini qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Qozog‘iston prezidenti Nazarboev ...
31 mart 2018
Ozarbayjonda 31 mart – «Ozarbayjonlar genotsid qilingan kun» sifatida rasman nishonlanadi. Bu fojea 1918 yili ro‘y bergan edi. Shu ...
Bloglar
3 yanvar 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan ...
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim ...
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida ...