Catira
21 noyabr 2019

“Gey taksi” kimning firmasi?

Hajviy xabar

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlardan biri yuqori lavozimli amaldor aralashuvi bilan barbod bo‘ldi.

Bu haqda “Eltuz”ga ma'lum qilgan Ichki ishlar vazirligi xodimining so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bir jinoiy guruh muayyan toifadagi odamlarni taksiga mindirib, keyin geylar bilan suratga olib, ularni shantaj qilayotgani haqida tezkor kelib tushgan. 

O‘rganishlar davomida shantajchilar xalq orasida “Gey taksi” nomi bilan tanilgan “Akfakar taksi” MChJ bilan bog‘liqligi haqida ma'lumotlar olingan.

“Biz tezkor tadbir o‘tkazib, shantajchilarni yetarli dalillar bilan qo‘lga tushirdik. Ammo Toshkent shahri hokimligining eng yuqori darajadagi mulozimi aralashuvi bilan ularni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldik”, dedi IIVdagi manba. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu ish haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalib, katta shov-shuv va noroziliklarga sabab bo‘lganidan keyin ham tezkor tadbir davomida to‘plangan ma'lumotlar doirasida tegishli choralar ko‘rishning imkoni bo‘lmayapti.

“Chunki Bosh prokuratura ham, Senat ham o‘sha mulozim tomonida turganga o‘xshayapti. Saylov oldidan demokratiya o‘yiniga berilib ketgan partiyalar ham bir sas chiqarib, keyin is chiqarib yubordi”, dedi “Eltuz” suhbatdoshi. 

Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan ma'lumotlarga ko‘ra, “Akfakar taksi” MChJ Toshkent shahri hokimi Ko‘chabek Zo‘rxo‘jaevning biznes tuzilmalaridan biridir.

Hokimning o‘zi bu xabarlarga izoh berib: “Bular har xil xabarlarni tarqataveradi. Lekin o‘n ming dollar bersang, o‘sha taksini maqtab chiqadi-da, reklama asosida deydi”, dedi. 

“Haqiqatan ham shu taksi firmasi sizga qarashlimi? Shu kompaniya vakillari odamlarni shantaj qilish bilan shug‘ullanyaptimi”, deb berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga Ko‘chabek Zo‘rxo‘jaev: “Kanechno, lyuboy biznes xorosho. Men shest sekundda 5-10 ta shunday firma tuzishim mumkin. Lekin men bunday ifloslik qilmayman. Ota-onam meni bunga o‘rgatmagan”, dedi.

Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati ham bu masalaga o‘z munosabatini bildirdi.

“Kando zamon keldi uzi?” (yozuv uslubi saqlab qolingan – tahririyat) deya hayratini yashirmaydi feysbuk sahifasi orqali hokimlikning matbuot xizmati rahbari Paxtaoy Yallaeva.

Hokim jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida o‘z odamlarini xafa qildirib qo‘ymasligini ham qistirib o‘tgani va “gey shantaj” voqeasida ishtirok etgan shaxslarning javobgarlikdan qutulib qolgani o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi masalasi hozircha ochiq qolmoqda. 

“Eltuz”

Tag‘in o‘qing
17 yanvar 2024
Umri kresloda mudrab o‘tadigan falaj o‘zbek parlamenti ilkis «tirilib» ekologiya vaziriga qarab prezident aytmoqchi «vovullabdi». Kesakdan uchqun chiqishiga ishonsam ...
5 fevral 2021
Otga qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek – rassom Tuzchilarga salom! O‘zi chetga buqinub, shaxsiyatga to‘qinib, allakimga ...
20 may 2016
O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...