Catira
11 fevral 2020

Orangutangga teatr kerak emas!

Toshkentdagi Shodlik Palace mehmonxonasi egalari “Ilhom” teatri jamoasidan binoni bo‘shatishni so‘ragani haqida 10 fevral kuni xabar tarqaldi.

Mehmonxonani xususiylashtirgan Ofelos Plaza bunga sabab qilib Shayxontohur tumani hokimining binoni rekonstruktsiya qilish haqidagi xatini ro‘kach qilgan.

“Eltuz”ning o‘rganishicha, Ofelos Plaza shirkati bundan ikki oy avval – 2019 yilning 3 dekabrida rasmiy qayddan o‘tgan.

Toshkentning madaniy qiyofasini tamsil qiluvchi “Ilhom” teatriga taniqli teatr rejissyori Mark Vayl 1976 yilda asos solgan edi.

“Ilhom” teatri ijodiy jamoasi 12 fevral kuniga ayni muammoga bag‘ishlangan matbuot anjumani belgiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 avgust 2016
Kecha, 29 avgust kuni, qator internet nashrlari, O‘zbekiston prezidentining o‘limi haqidagi xabarni chop qildi, jumladan biz ham. Hozirga qadar ...
5 yanvar 2017
Zilziladan keyin vayron bo‘lgan Toshkent o‘z ijodiy imkoniyatini realizatsiya qilish uchun yer qidirgan sovet me'morlari uchun yangi imkoniyatlar ochdi. ...
22 dekabr 2023
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas. Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan ...
25 noyabr 2016
Eltuz.com uchun chizgan navbatdagi karikaturasida rassom Tuz Shavkat Mirziyoevni Karimov qabridan estafeta tayoqchasini olib ketayotgan tarzda aks ettiradi. «Karimovning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...