Catira
15 aprel 2020

BTRlardan yangragan qo‘shiq munozaraga sabab bo‘ldi

Joriy yilning apreli boshidan Toshkent ko‘chalarida BTRlarda yurib, karantin bois karnaylar orqali aholini uyda qolishga da'vat etish boshlandi.

Biroq tarmoqda BTRlardan ham ko‘ra, karnaydan yangrayotgan xonanda Rashid Xoliqovning «Ey, aziz yurtim!» qo‘shig‘idan norozilik ko‘zga tashlandi.

Feysbukdagi «Xalq bilan muloqot» guruhidagi ayni mavzu ostiga qisqa vaqt ichida 500 dan ziyod yozildi.

Kimdir BTRlardan umuman qo‘shiq qo‘ymaslikni, kimdir harbiy vertolyotlarga karnaylar o‘rnatib, bu ishni rivojlantirishni taklif qildi.

«Poytaxt ko‘chalarida harbiy texnikalar b-n xalqni karantin tartibiga rioya qilishga chorlab yurganlarga ming rahmat. Ammo BTR ichidan yangrayotgan Rashid Xoliqovning » Ey, aziz yurtim» qo‘shig‘i ko‘pchilik qatorida maniyam ensamni qotiryayotganini yashirmayman. Undan ko‘ra Sevara Nazarxonning karantindagi jasorati namunasi o‘laroq, » Ulug‘imsan, Vatanim» qo‘shig‘i yaxshi emasmi?» deb yozdi feysbuk yuzeri Gulshoda Qurbonova.

Uning tag‘in yozishicha, «Yulduz Usmonovaning «Hech kimga bermaymiz seni O‘zbekiston!» qo‘shig‘iniyam ne v tema».

Ulug‘bek ismli yuzer «Nastarin guli mayda…»ni qo‘yishni taklif qildi.

Bir zumda Rashid Xoliqov va Sevara Nazarxon ishqibozlari tarafma-taraf bo‘lishdi. Kimgadir Rashid Xoliqovning pishirgan qozon kabobi yoqmadi, kimgadir Sevaraning ovozi…

Munozara guruh ma'murining izohlarni to‘xtatish talabigacha davom etdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 aprel 2020
«Eltuz» tahririyatga joriy yilning 14 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov nomiga yuborilgan jamoaviy murojaat nusxasi kelib tushdi. 109 ...
1 iyul 2022
Nukusdagi norozi guruh ko‘chaga odam olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Buni 1 iyul kuni telegram sahifasida bir qadar yoritdik. Eltuz ...
9 oktyabr 2018
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi oktyabr oyining boshida O‘zbekistonda ko‘rish taqiqlangan 103 film ro‘yxatini provayderlarga taqdim etdi. Nazorat ...
30 mart 2017
«Oila va jamiyat» gazetasini (29.03) varaqlar ekansiz, undagi maqolalarda bugungi o‘zbek jamiyatining ancha og‘riqli muammolari tilga olinganiga guvoh bo‘lasiz. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...