Catira
4 may 2020

To‘g‘on o‘pirilishi yuzasidan DXX tergov boshladi

Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi yuzasidan tergovni Davlat xavfsizlik xizmati olib bormoqda.

Fojeaning ehtimoliy aybdorlari ustidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 258-moddasi 2-qismi «b» bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) ayblovlari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborining to‘g‘oni 1 may kuni o‘pirilishi oqibatida O‘zbekiston va Qozog‘istondagi minglab odamlarning uy-joyi suv ostida qoldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, Sardobadagi toshqin oqibatida jami 17300 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ulardan 56 nafari shifoxonaga joylashtirilgan.

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 10 ta qishloqni suv bosdi, 22 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.

Yumronqoziq aybdor

Rasmiy xabarlar ortidan tarmoqda «Stolbani qamagan idora»ning tergov uslubi haqida latifalar tarqaldi. Mana ulardan ba'zilari:

– Dadasi, siz qurgan Sardobadagi suv ombori o‘pirilib suv toshib ketibdi-yu. Bu suv bizning uygacha kelib, oqizib ketmasmikin?
– Xavotir olma, onasi, bizning uyni oqizmaydi. O‘sha dambaning tsementi polniy shu uyga ishlatilgan, qilt etmaydi.
. . .

Sardobada Mirziyoev qurgan to‘g‘on qulab tushdi. Qurilish materiallarini sudga berishibdi.
Sudda Tosh debdi: Men o‘z ishimni qildim. Men aybdor emasman.
Tuproq debdi:

Men har doimgi ishimni qildim. Men ham aybdor emasman.
Tsement debdi:

– O‘lay agar, men aybdor emasman. Men u yerda yo‘q edim…

– Tarmoq yuzeri Shirin Navruzova esa: “Yumronqoziqlar-chi? Ular ham aybini tan olsin”, deya taklif bildirdi.

Rassom Tuz bu taklif asosida «Eltuz» uchun surat chizdi. Suratda yumronqoziq bosh aybdor sifatida gavdalangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 iyun 2018
Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 1 iyun kuni Toshkent shahri prokurorining sobiq o‘rinbosari 68 yoshli Mirag‘lam Mirzaevning ...
14 iyun 2023
“Xorazm yo‘l qurilish” MChJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr yer maydoniga ...
2 sentyabr 2020
Professor Kristian Lasslett Sovet Ittifoqidan keyingi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yil sentyabr oyida vafot etgach, undan murakkab ...
12 fevral 2021
Baxtibek to‘rt marta uylangan va har bir xotinidan ikkitadan farzandi bor. U allaqachon hech qaysi xotini bilan yashamaydi. Chamamda ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...