Catira
14 sentyabr 2020

Aholi o‘zining boyiganini TVdan bildi

O‘zbekistonda aholi yalpi daromadining 27 foiz oshgani haqida «O‘zbekiston 24» telekanali orqali berilgan xabar ijtimoiy tarmoqda ajablanish bilan qarshi olindi.

Bu munosabat, ayniqsa, 11 sentyabr kuni feysbukdagi “Xalq bilan muloqot” guruhiga qo‘yilgan postlarda aks etdi:

Umarjon Rahimov: Hozirgina televizorda aytishdi, bu yil aholining yalpi daromadi 27 foiz oshibdi. Aholi bo‘lgim kelyapti.

Ihvoliddin Akbarov: Tepada o‘tirgan amaldorlarning daromadi 27% oshgan bo‘lishi mumkin. Lekin ular qachondan beri aholi bo‘lib qolishdi?

Zulfiya Shirinova: Aholi bo‘lish uchun nima kilish kerak?)

Akram Berdiev: Bular akaxonlarniyam qo‘shib hisoblagan bo‘lsa kerak…

Aziza Jalolova: Voy, men oshqa shaharda yashayapman shekilli…

Rahmatjon Xoldorov: Televizorga kirgim kelyayappittiiiiiiii…

Feruza Zunnunova: O‘shanga bizning TVni umuman ko‘rish kerakmas.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 yanvar 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 28 yanvar kuni koronavirus xatari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, ...
22 iyun 2018
Avvallari Turkiya bizning Markaziy Osiyo davlatlari va turk olami uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy model bo‘lishini orzu qilardik. Biz ...
30 sentyabr 2015
Kecha majburiy paxta terimi jumladan bolalar ekspluatatsiyasi avj olgan Xorazm viloyatiga reydga chiqqan huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Malohat ...
26 dekabr 2019
«Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih “Begona” filmining 10-qismida 1991 yilning avgustida sodir bo‘lgan voqealar, GKChP va uning Karimov ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...