Catira
21 oktyabr 2022

O‘zbekiston: Mansabdor shaxslar ona tili bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi mumkin

Malaka sertifikatini olish 2023 yildan talab qilinishi kutilmoqda.

Mamlakatning davlat tilini targ‘ib qilish to‘g‘risidagi so‘nggi bayonotida O‘zbekiston yuqori davlat lavozimlarini egallashni istovchilarning barchasidan malaka sertifikatini taqdim etish talabini qo‘yishni rejalashtirmoqda.

28 noyabrga qadar jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq bo‘lgan qonun loyihasi talablariga binoan, mazkur talab 2023 yildan kuchga kiradi.

Imtihonlarni topshirish bo‘yicha davlat organi – Davlat test markazi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasida odamlarning o‘zbek adabiyoti bo‘yicha bilimlari hamda o‘zbek tilini bilish darajasini baholash uchun mo‘ljallangan testlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Testni aprel oyida ishlab chiqishni boshlashga tayyorlanayotgan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti odamlarga adabiy o‘zbek tilini o‘rganishga yordam berish uchun bir oydan ikki oygacha davom etadigan qisqa kurslarni taklif qilishni mo‘ljallagan.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga tilni bilishi haqidagi besh yil muddatli sertifikat beriladi. Hujjat olish uchun to‘lov 334 500 so‘mni (hozir taxminan 33 AQSh dollarini) tashkil qiladi.

Ushbu sertifikatning ahamiyati shundaki, faqat uning egalariga, qonun qabul qilingan taqdirda, yuqori davlat lavozimlarini egallashga ruxsat berilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoevning yaqinda imzolangan, uzoq vaqtdan beri ortga surilayotgan, o‘zbek tilini lotin alifbosidan mutlaq foydalanishga o‘tish rejasini amalga oshirishni jadallashtirish to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, hozir ham ishlatilayotgan kirill alifbosidan voz kechish uchun testni lotin alifbosida o‘tkazish kerak bo‘ladi. Hozir davlat idoralari hujjatlarni tuzishda kirill va lotin alifbosidan aralash foydalanib, davlat ishlarining aksariyati hanuzgacha rus tilida olib borilmoqda.

Muvofiq bo‘lmagan alifbo islohoti tufayli O‘zbekiston necha yillardan beri ikki tomonlama chalkash holatda qolib kelmoqda. Lotin va kirill alifbolari butun mamlakat bo‘ylab keng tarqalgan. Ba'zi joylarda ikkala versiyani ham yonma-yon ko‘rishingiz mumkin, lekin ko‘pincha ulardan biri yoki boshqasi ishlatiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kattaroq yoshdagi auditoriyaga mo‘ljallangan hamma narsa kirill yozuvidadir.

O‘tgan oyda Mirziyoev tomonidan tasdiqlangan farmonga binoan, har yili 21 oktyabrda, ya'ni 1989 yilda sovet hukumati o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan kun o‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanadi.

Byurokratik hujjatlarni rasmiylashtirish tamoyillarini o‘zbek tilida o‘qitishga ixtisoslashgan davlat markazi rahbari Inomjon Azimov noyabr oyida bergan intervyusida lotin alifbosiga o‘tish ikki yil ichida amalga oshishi mumkinligiga ishonishini ta'kidladi.

“Agar bu muddat yana uzaytirilsa, kelajakda muammolar paydo bo‘ladi”, dedi u.

Marhum kasbdoshi Islom Karimovdan farqli o‘laroq, Mirziyoev mamlakat ichidagi barcha rasmiy va norasmiy tadbirlarda o‘zbek tilida gapiradi. U sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasida o‘z ona tilida nutq so‘zladi.  Bu O‘zbekiston rahbari tomonidan birinchi marta shunday qilinishidir.

Maqola originali Eurasianet nashrida e'lon qilingan. «Eltuz» tarjimasi. 

Tag‘in o‘qing
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida fikr yuritadi. @eltuz
3 yanvar 2017
Turkiyadagi tungi klubga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan hujumchi qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda. Turk matbuotiga ko‘ra, Mashrapov ...
27 sentyabr 2023
Bugun Rauf Parfi nomi eslanarkan, uning asl shogirdlari bilan bir qatorda ustozning nomiga suykanib, «bir narsalik» bo‘lib qolish ilinjidagi ...
21 noyabr 2017
17-20 noyabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida VI Yevroosiyo adabiyoti festivali bo‘lib o‘tdi. Postsovet davlatlar, jumladan, o‘zbekistonlik yozuvchilarning asarlari taqdim ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...