Catira
9 fevral 2021

«Pul bergan ul Gulnorni o‘p…»

Gulnora Karimova “ishlab topgan” pullarini O‘zbekistonda saqlamadi. Ular Frantsiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Malta, Lyuksemburg, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va AQShdagi banklarga hamda ko‘chmas mulklarga joylashtirildi.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, gap 1 milliard AQSh dollari haqida ketmoqda. 2014 yilda “O‘zbek malikasi” boshiga og‘ir kunlar tushdi va u tovlamachilik hamda mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblanib sudlandi.

Endi o‘g‘irlangan pullarni O‘zbekiston fuqarolariga qaytarish vaqti keldi. Frantsiya Karimovaning 10 million dollarini allaqachon O‘zbekistonga qaytarib bergan. Biroq qaytarib berish tartibida ushbu mablag‘larning qaerda, qanday va kim tomonidan taqsimlanishini nazorat qilish mexanizmini yaratish ko‘zda tutilmagan edi.

Shveytsariya esa Karimovaning 131 million dollar mablag‘ini qaytarishga rozi bo‘ldi va ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvda quyidagilar ta'minlanishi majbur etib belgilandi:

– pulni qaytarish jarayonida oshkoralik va hisobdorlik;

– qaytarilgan pullar O‘zbekiston xalqi manfaatlari uchun ishlatilishi;

– eng muhimi, mustaqil fuqarolik jamiyati va matbuot kelishuvning bajarilishini nazorat qilishi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2017
2017 yil 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari 68 yashar Bo‘ritosh Mustafoev yurak kasalligi bois yuzaga ...
29 aprel 2016
«Hurriyat» gazetasida Xalqaro yoshlar birdamlik kuni munosabati bilan e'lon qilingan maqolada bugungi kunda dunyo yoshlari muammolar girdobiga botib qolgani, ...
1 noyabr 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning ...
2 oktyabr 2019
«Yozarning sasi» ruknida «Eltuz» nashri marhum shoir Rauf Parfining o‘z do‘sti Muhammad Solihga bag‘ishlagan kitobidan o‘qigan she'riy turkumni muxlislar ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...