Catira
8 aprel 2021

Siyosatga kirgan Jahongirga onasini ko‘rsatishdi

Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 5 aprel kuni aeysbukda jonli chiqish qilib, “Erk” demokratik partiyasiga a'zo bo‘lib kirganini e'lon qildi va partiya lideri Muhammad Solih bilan tushgan suratini tarmoqqa joyladi.

6 aprel kuni esa Jahongir Otajonovning onasi Sanamjon Gulmanovaning “o‘g‘liga murojaati” tarmoqda tarqatildi. Uch daqiqadan oshiqroq videoda Sanamjon Gulmanova xuddi birov tutib turgan matnni o‘qigan misol gapiradi:

«Bu nima degani bo‘ldi. Sen vatan xoini deb hisoblangan bir iflosning oldiga boribsan. Muhammad Solih deganni. Sen undan nimani kutib bording? Sen uning oldiga nima maqsadda bording?”

Bu gaplardan keyin kasbi adabiyot o‘qituvchisi bo‘lgan Sanamjon opa “o‘g‘lining “Erk“ partiyasiga kirganligini butun oila hazm qilolmay o‘tirganligi»ni aytib, ko‘ziga yosh oladi:

“Bizlar sendan shuni tilaymiz. Hali ham vaqt borida bu yo‘ldan qayt, bolam. Butun oila a'zolarimiz bilan sendan yalinib, yolvorib so‘raymiz. Bu yo‘ldan qayt, Jahongir. Qayt!»

Stalin davrida “xalq dushmani” deya qamalganlarning ota-onalari ham o‘sha paytda farzandlarini qarg‘ab “Qizil O‘zbekiston” gazetasida chiqarilgan. O‘zbekistondagi joriy hukumat qizil O‘zbekiston repressiya usullarni samarali qo‘llamoqda.

Rassom Elsevar

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 mart 2016
9 mart kuni „Paxta kampaniyasi“ (The Sotton Sampaign) faollari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida odamlarni majburiy mehnatga jalb qilish hamon saqlanib ...
2 avgust 2021
Taniqli o‘zbek rassomi Rahim Ahmedov tirik bo‘lganida 100 yoshga kirgan bo‘lar edi. Rahim aka nafaqat ijodi balki turli qarashdagi ...
1 mart 2021
Kuch tizimlari xodimlari tomonidan uyidan Andijon viloyatiga olib ketilib tergov qilingan yangi partiya tashabbuskori Xidirnazar Allaqulov 1 mart kuni ...
18 fevral 2021
Liberal Rossiyaning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan shaxs, Putinga muxolifat timsoli sifatida namoyon bo‘lgan Aleksey Navalniyning obro‘si aksariyat qismi ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...