Catira
3 mart 2022

O‘zbekistonning Ukraina mavzusidagi pozasi

O‘zbekistonning Ukraina mavzusidagi pozasi. Uzr pozitsiyasi. BMTga a'zo 193 davlatdan 141 tasi Rossiyadan Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qildi.

BMT Bosh assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga bosqini qoralangan hamda Moskvadan o‘z qurolli kuchlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketish talab qilingan rezolyutsiyani ma'qulladi.

Bu haqda xabar qilgan Reyters agentligiga ko‘ra, Bosh assambleya rezolyutsiyasini BMTga a'zo 193 davlatdan 141 tasi qo‘llab ovoz bergan.

Rossiya, Belarus, Suriya, Koreya xalq demokratik respublikasi (Shimoliy Koreya) hamda Eritreya qarshi ovoz bergan.

35 davlat xolis qolgan. Ular orasida Xitoy, Hindiston, Janubiy Afrika respublikasi, Qozog‘iston, Pokiston, Eron, Iroq, Kuba, Markaziy Afrika respublikasi kabi davlatlar bor.
O‘zbekiston ovoz berishga qatnashmagan.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
25 oktyabr 2019
«Otangni onangga bepardoz ko‘rsatma. Yaxshisini oshir – yomonini yashir. Otangni o‘ldirganga onangni ber. Egilgan boshni qilich kesmaydi». Bu o‘zbek ...
6 noyabr 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishini Eltuz.com manbalari tasdiqladi: «Shoir jasadi ...
19 may 2017
18 may kuni Navalniyga tupurganini bildirgan Alisher Usmonov videosi ijtimoiy tarmoqda tezgina ovoza bo‘ldi. Siyosatchi va bloger Navalniyni sudga ...
15 may 2018
Toshkentlik turkshunos olim Andrey Kubatinga o‘tgan yilning dekabrida Harbiy sud tomonidan berilgan 11 yillik muddat, yaqinda besh yilga tushirildi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...