Catira
8 avgust 2024

Rassom Tuz: «Tiyotirchi kontora» uchun rasm

Sovet davrida KGB xodimlari bir muncha savodli bo‘lardi. Miltiqdan otish, turnikka osilish, o‘ngacha sanash va kamida bitta chet tilni bilardi.

Ular o‘zlari orasida «vishka» deb ataladigan Sverdlovskdagi o‘quv maskani «Vыsshie kursы podgotovki operativnogo sostava KGB» da o‘qitilib odambashara qilinardi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin istihborot tizimi lapashang, jinni, sang‘i va asosan o‘tkanni o‘rog‘ini, ketkanni ketmonini o‘marsam deydigan «nesun» va «kleptoman»lar bilan to‘ldi.

Bu qorinboy xomsemizlar mabodo turnikka osilsa og‘irligidan turnik temiri qiyshayadi.

Mirziyov kelib bu idorani bir tepip silkitib «atini» o‘zgartirib ketdi.

Ammo fanda atavizm deb aytiladigan xolat bois bular yana asliga qaytaveradigan jonivor.

Faqat havoyi gaplar, o‘ylab topilgan fantaziya qora kuchlar, muxolipatchi shoirlar haqidagi tagi yo‘q gaplarga qarshi «kurashganday bo‘lib», oylik olib, yeb yotgan bu tanbal tasqaralar Qoraqalpoqda separatizm yetilgani¸ IIV yoki davlat sturkturalaridagi mulozimlar hizb va salafiy bo‘lib ketgani va ulkan korruptsion kitning semirganini bilishmadi.
Davlatning butun bir aholisi rus zombi TVlari ta'sirida o‘risqul va mustaqillik dushmaniga aylanganini ham bu shabko‘rlar sezgani yo‘q.

Aslida davlat xavfsizligi uchun o‘ta xavfli trendlar edi bular.

Ular eskisi kabi bir xurjunidan kitob chiqqan bir bechara shoirni yoki shairkani ko‘tidan yurib, eshigidan mo‘ralab, mo‘risini iskab, oylik olib, cho‘ntagimdan tushib qolgan eski chaqa kabi siyqa o‘yinlarini qayta boshlamoqda.

Otning kallasiday oylikni olib yotgan bu devday-devday barzangilar ajrashib ketgan eri qamag‘da bo‘lgan bir shairkani ko‘tida yurishuvdi anchadan beri. (xuddi zo‘r ish qig‘andek)

Bu parazitlar nazarida shairkaning anavi dengiz yonida o‘zini rasmga olib tarmoqqa qo‘yadigan muxolifatchi shoir Muhammad Solihni pir deb qo‘l bergani buyuk jinoyat emish.

Nu i chto? Hozir saroydagi mulozimlar ham u kishini kitobini o‘qib o‘tirganiga faktlarim bor.

She'r o‘qish jinoyat ekanligi manov sholg‘omkallalar paranoyasi.

Xullas, bu siydigi yer teshmaydigan, Qatortoldan o‘tayotib zuhro kasaliga chalingan hezimlar taqir yerdan chang chiqarib shoira, jurnalist, bloger, sportsmen, uch bola onasi va albatta sohibjamol vatandosh Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova)ni O‘zbekistondan chiqib ketmasligini ta'minlashdi.

Oldin yozganimdek, 2 avgust kuni Shaxina Qarshidan Toshkentga yo‘lga chiqadi. Taksi yo‘lda yana bir xotinni oladi. Bu xotin buyuk ehtimolda «podsadnaya utka» edi. (Bunday obonchining erkak varianti farg‘onalik iplas Shuhrat Isanov)

Stsenariyga ko‘ra, «podsadnaya utka» janjal chig‘oradi.

Shu minutda darrov kuch ishlatarlar shop shaloplari bilan yetib keladi.

Mirshablar kamoli ehtirom bilan jurnalist xotinga «poexat v otdelenie» taklifini berishadi.

Qizginani talonchilikda ayblashdi. Mana jabrlanuvchi ham turibdi ko‘zidan siyib.

Shu paytgacha otday kishnab yurgan shoirai davron Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova) aynan shu IIBda salomatligi birdan yomonlashdi.

Balki anavi sassiq kuch ishlatarlar sepgan arzon dezodrandtdan ko‘ngli behuzur bo‘ldimi qizginani.

IIB ichkarisida so‘roq qilinayotgan odamning ahvoli o‘ta og‘irlashib o‘ladigan bo‘sagina skoriy chaqiriladi. Shunday qoida bor Razzoqichning kontorasida.

Xullas, Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova) bannisada.
Obonchi xotin boshqa topshiriq bajarish uchun navbatdagi yo‘nalishga safarbar qilindi.

Go‘rda yo qamag‘da emas. Bannisada! Gip, gip ura. Manovini «xeppi end» deb oytsa bo‘ladi.

Ammo buni yozishimiz bilan spetsslujba yugurdagi bo‘lgan telegram kanaldagi iplaslar igna yegan itday bo‘lib binnasalar deb ingillab chiqdi.

Ertasiga esa shoira, jurnalist, bloger, sportsmen, uch bola onasi va albatta sohibjamol vatandosh Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova)ning o‘zi chiqib «munisa» basharani yoqib, Madonna Litta qiyofasida bachasini qo‘ltiqlab, «IIBda ezg‘ilanmadim”, deya gapirdi. (Koshki ezg‘ilansaydim degan kayfiyat ko‘zlaridan pishqirib turardi)

«Buni qora kuchlar o‘zlariga moddiy manfaat uchun o‘ylab topishdi» deb turib qolgan qismini diniy klerikal qarg‘ish portsiyasi bilan tugatdi.

«Arqaga qarab siyish» deyiladi bu.

Ammo bu holatniing videoda ko‘rinmagan qismini men bilaman-ku.

O‘sha yerdagi operativniklardan olaman-ku bilgilarni.

Asirga olingan odamning peshanasiga pistolet qaratilib turganda aytgan gapi inobatga olinmaydi.

Agar kimnidir yaqini asirga olinsa va shu asirga olingan talabi bilan binnasa desa buyam e'tiborga olinmaydi.

Eslaringda bo‘lsa bu shovvozlar ashlachi Jahongir Otajonovni otasi va onasini garovga olib, «oq qildirish» tiyotrini qo‘ygan edi.

Shu o‘rinda yoshligida oktyabryat va pioner bo‘lgan¸ savodi haminqadar bir ayag‘i go‘rda momoy va boboylarning oq qilgani nimayu ko‘k qilgani nima?

Boboy yoki momoyga oq qilsang osmon, ko‘k qilsang katta ko‘cha. “Idi na**uy” deyilsa shariatga muofiq bo‘ladi.

Yaqinda bitta bilgich qizni «Surishtiruv jurnalistkasi» bo‘yicha professional treningga taklif qiluvdim.

Keyin bu qizgina sag‘al o‘tib «Men treninga borsam, meni qomab qo‘yishsa bolamdi kim emizadi?» dedi.

Menimcha, anavi idora xodmigirlari qo‘rqitgan bu qizginani.

Endi yozganlarimni DXXdagilar tushunmaydi. Chunki ular o‘qimagan. Harf tanimaydi.

Shu eski arzon siyqa tiyotirlarini bir amallab yasab rahbarlar ko‘zini shamg‘alat qilib oylikdi olsa bo‘ldi.

«Qora kuchlar» haqidagi cho‘pchak ortidan oylik oladigan demodalar bilmaydiki zamon, vaqt va texnologiya o‘zgardi.
Ular nima degani, nima qilgani haqidagi butun va to‘la informatsiyalar menda bor.

Behbudiy davrida ham shunaqa dilemma bor edi. Odamlar savodsiz bo‘lgani bois yozilgan maqolalarni o‘qiy olmasdi.

Shunda Behbudiy «Tiyotr qilib ko‘rsatishga» qaror qilgandi.

Men bo‘lsam rasm qilib chizib ko‘rsataman. Mana.!!

Tag‘in o‘qing
3 oktyabr 2019
«Toshkentga yurish» qilgani uchun qamalgan 56 yashar shoir Mahmud Rajab o‘n kunlik hibsdan so‘ng 3 oktyabr kuni mahalliy vaqt ...
10 aprel 2021
Faloniy o‘ylar: nechun Tomni bosdi tog‘dek qor. Bir nayrang yetgan ko‘kka, Amerika aybdor. Sigir qochmas buqadan, Bolalar ayronga zor. ...
18 iyun 2021
«Eltuz» jurnalist Shohida To‘laganovaning Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi bilan bog‘liq surishtiruv filmini taqdim etadi
3 sentyabr 2019
Samarqandda 27 avgust kuni o‘tgan “Sharq taronalari” festivali arafasida daydi itlar va mushuklarning ommaviy o‘ldirilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.  ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...