Catira
22 noyabr 2024

Davlatchilik taqozosi

Konfutsiydan shogirdi “eng muhim narsa nima?” deb so‘radi.

«Davlat hammadan muxim,» dedi Konfutsiy

«Chunki davlat yo‘l quradi, bu yo‘ldan dinsiz ham dindor ham, boy ham gado ham yuradi. Davlat boylardan soliq olib qashshoqning ochdan o‘lmasligini ta'minlaydi.»

Shogird tushunmadi. Shunda Konfutsiy o‘z aravasida turgan yoyni qo‘liga olib tushuntirdi.

«Mana yoy. Ëyning tepasini boylar deb atasak. Pastini esa qashshoqlar desak.»
Shundan keyin Konfutsiy yoyning tepa qismidagi ipni qayta bog‘lab ikkki santimetrga kamaytirdi.

«Nimani ko‘rding» dedi u shogirdga.

«Ëyning tepa qismi ikki santimetrga pasaydi va past qismi ikki santimetr ko‘tarildi» dedi shogird.

«Xuddi shunday. Ming oltini bo‘lgan boyning ikki oltini kamaysa uning hayoti deyarli o‘zgarmaydi. Ammo ikki oltin kambag‘al odam yashamini tubdan o‘zgartiradi. U kasal bolasini davolatadi, chakka o‘tgan tomini yamatadi va et olib, qozon osib sho‘rva ichib yuziga qizil yuguradi. Bu qashshoq o‘sha kamonning past qismi edi. Ikki santimetr ko‘tarilganida ahvoli ancha yaxshilandi»

«Buning davlat bilan nima aloqasi bor?» deb so‘radi shogird.

Chunki, dedi Konfutsiy, kamonni egish huquqi davlatda bor. Agar davlat boshidagi odam faqat o‘z kursisida mahkam o‘tirishni o‘ylab el ulusni unutsa undan yomon ot qoladi»

Konfutsiy qissasidan hissa nima?

Mana Karimov ham o‘ldi, bu toju taxt unga vafo qilmadi. U odam zolim, despot, lavozimni konstitutsiyaga zid tarzda egallagan degenerat sifatida tarix axlatiga uloqtirildi. Afsus, O‘zbekiston iqtisodini cho‘ktirdi. Oddiy konvertatsiyaga ham erisha olmadi. Xotini, qizlari, kuyov va qarindoshlari mamlakatni tinimsiz o‘g‘irlashdi.

Korruptsiya va bedodlik Karimov davrida avj bo‘ldi. OVIR, chiqish vizasi degan Shimoliy Koreyaga o‘xshash zulm tizimlari Karimov davrida mukammallashdi. Ëzuvchi Emin Usmon Karimov zindonida urib o‘ldirildi. Karimov erkin matbuotni va umuman mamlakat siyosiy hayotini paralich qildi. Undan yolg‘onlar ustiga qurilgan saltanat qoldi.

Hozirgi rahbarlar bundan saboq olishi kerak. Chunki davlatchilik shuni taqozo qiladi.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2020
Davlat test markazi 25 sentyabr kuni e'lon qilgan natijalarga ko‘ra, ariza topshirgan salkam 1 yarim million abiturientdan 140 ming ...
1 dekabr 2016
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda. Eng qizig‘i bu ...
15 avgust 2023
O‘tgan shanba, 12 avgust kuni Toshkent shahar sud tibbiy eksperti Akrom Suleymanov hibsga olindi.Akrom Suleymanov bir shaxsning ishini bitirib ...
23 noyabr 2016
2016 yil 19 noyabr O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Jamshid Karimov 2012 yil yanvaridan beri shu kungacha Samarqanddagi psixiatriya kasalxonasida majburan ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...