Yashil kartaga start berildi
Amerika – “Sehrli diyor”da yashash ishtiyoqida bo‘lgan o‘zbekistonliklar bir oy mabaynida o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonliklar bemalol ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
AQSh hukumati har yili immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun “Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar” dasturi orqali AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.
Har yili dunyo bo‘yicha jami 50000 odam ana shunday huquqni qo‘lga kiritadi.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, yildan yilga Amerikaga ketish orzusida Green Card lotereyasini o‘ynayotgan o‘zbekistonliklar soni oshib bormoqda.
Rassom Tuzning navbatdagi karikaturasi shu mavzuda.
www.eltuz.com