Vaqt mashinasi
13 dekabr 2015

13 dekabr – mahkum huquq himoyachisi A'zam Farmonov tug‘ilgan kun

2015 yilning 13 dekabrida, Jasliq turmasi mahkumi, huquq himoyachisi A'zam Farmonov 37 yoshga to‘ladi. 2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti 27 yoshda edi. A'zam Farmonov 300 dollarga yaqin miqdorda “ta'magirlik” aybi bilan 9 yil ozodlikdan mahrum etilgandi. 2015 yil aprelida “Jazoni ijro etish muassasasi qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda” ayblanib, uning muddati tag‘in besh yilga uzaytirildi. Xalqaro Amnistiya A'zam Farmonovni vijdon mahkumi deb e'tirof etdi.

rasm602Bugun A'zam Farmonov oilasi o‘z aziz insonini tug‘ilgan kuni bilan qutlaydi

Qadrli A'zam,
Bugun, garchi sen yonimizda bo‘lmasangda, biz sening tug‘ilgan kuningni nishonlaymiz va seni chin dildan kuchli sevishimizni aytib, tezroq uyga qaytishingni istaymiz. 13 dekabr kuni sen 37 yoshga kirding. Bu degani, ozodlikdan mahrum bo‘lganinga 10 yil bo‘ldi. Bizning firog‘imizga ham roppa rosa o‘n yil bo‘ldi. Sen o‘z hayotingning eng yaxshi yillarini turmada, o‘z oilang, qarindoshlaring va do‘stlaringdan yiroqda kechirding.

Biz tezroq ozod bo‘lishing umidi bilan yashayapmiz. Shu yillar davomida sening farzandlaring katta bo‘ldi. Ularni ardoqlashing, tarbiyalashing uchun, o‘g‘ling va qizing yonida bo‘lishing qanchalik qimmatli. Shu kunlarda, duo qilib faqat bir narsani tilaymiz, kelgusi tug‘ilgan kuningni oilang bag‘rida o‘tkazishingni. Allohdan sog‘lig‘ingni saqlashini va normal hayotgan qaytarishini tilaymiz.

Biz sening jazo muddatingni tag‘in besh yilga cho‘zilishini mutlaqo nohaqlik deb hisoblaymiz. Biroq sening tezroq uyga qaytishinga bo‘lgan umidimiz doimo qalbimizda. Biz O‘zbekiston hukumatidan, birinchi navbatda prezident Islom Karimovdan, biz uchun qadrli bo‘lgan insonni bizga qaytarishini so‘raymiz.

Onang Ra'no Farmonova
rafiqang Ozoda Yoqubova,
farzandlaring Madina va Ozodbek Farmonovlar,
aka ukalaring Abdulaziz, Abdulla, Abduhamid, To‘lanboy va Muhiddin Farmonovlar,
opa-singillaring Zamira, Farida va Nargiza Farmonovlar

Tag‘in o‘qing
23 dekabr 2015
Eltuz Mamadali Mahmudov bilan jurnalist Maloxat Eshonqulova qilgan videosuhbatning birinchi qismini e'tiboringizga havola qiladi.
11 dekabr 2024
Suriya diktatori Rossiyaga qochdi. Yevropa davlatlari suriyaliklarning boshpana olish murojaatlarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. Tramp Zelenskiy bilan uchrashdi. U Rossiyaning katta talofati ...
9 noyabr 2021
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ikkinchi muddatga qasamyod qilganidan bir kun o‘tib, matbuot erkinligini himoya qilishga va'dalari ortidan hukumat xorijlik ...
30 mart 2023
Rossiya imperiyasi hududlari Alyaska yarim orolidan tortib to Finlyandiya va Polshagacha, Qora dengiz qirg‘oqlaridan to Tinch okeani sohillarigacha, qirg‘oqlarini ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...