Vaqt mashinasi
21 noyabr 2024

Gandimiyon kelishuvi va Xiva xonining Rossiyaga taslim bo‘lishi

Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix – bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq kallalarga quloq solinsa tarix fani yo‘q bo‘lishi kerak.

Tarixni cho‘pchaklar yordamida emas, balki hujjatlar asosida o‘rganish – to‘g‘ri yo‘l.

Mana xujjat. Rus va turk tilida yozilgan. Gandimiyon kelishuvi. 1873 yili Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlog‘ida 1873 yilning 12 avgustida Turkiston general gubernatori Kaufman va Xiva xoni Ikkinchi Muhammad Rahimxon tarafidan imzolangan.
Gandimiyon kelishuvi Xivaning ruslar tarafidan bosib olinganidan keyingi kapitulyatsiya, ya'ni taslim bo‘lish hujjatidir.

Hujjatda Xiva xoni bundan buyon o‘zini Rossiyaning vassali deb aytilishiga iqror bo‘ladi.

Xiva xoni istagi bilan hujjatda u o‘zini “Rossiya imperatorining sodiq quli” deb yozilgan.

Ruscha “pokornыm slugoy imperatora vserossiyskogo” (Buni xatto Kaufman ham ortiqcha deb bilgan)

Xiva xonligi tashqi siyosatdan mahrum qilinishi va xonlikdagi Bosh vazir doxil muhim lavozimlarga tayinlovlar Rossiya ruxsati bilan amalga oshirilishi alohida ko‘rsatilgan.

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2024
2010 yil 7 aprel kuni o‘z qarorlari bilan oziq-ovqat va kommunal xizmatlar uchun narx-navoni mislsiz darajada ko‘tarib yuborgan Qurmonbek ...
27 sentyabr 2024
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 26 sentyabr kuni frantsuz olimi Stefan Dyuduanon (Stefan Dudouannon) ishtirokida shoir Cho‘lpon xotirasiga ...
31 may 2023
29 may kuni Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasida O‘zbekiston “jinoyat olami” vakillarining “sxodka”si bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” ...
30 mart 2020
Tuman markaziga borib keldim. Ishim bor edi. Qalampir va pomidor ko‘chatlar sotyapti ekan. «Pomidor ko‘chati yetti donasi ming so‘m», ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...