Video
7 aprel 2015

O‘zbekiston: sovet o‘tmishi sari olg‘a

Qudrat Bobojon

Biz har kuni xabarlar olamiz, mamlakatda kun sayin demokratiya zaiflashayotgani, diktatura kuchayib borayotgani haqida. 

Ehtimol, oddiy avom uchun bir qarashda sezilmayotganday, biroq asta sekin – huquqlarimizni poymol etayotgan, fuqarolar hayoti ustidan nazoratni kuchaytirayotgan har bir yangi qonun normasi, har bir qoida ostida bizning erkinliklarimiz o‘ldirilmoqda.

Ko‘plar o‘ziga savol beradimi: nima uchun aynan men, paxtaga borishim kerak? Nima uchun kimdir, mening Internetda nimani o‘qishim, nimani o‘qimasligimni hal qilishi kerak? Men to‘layotgan soliqlarni kim va qanday sarflamoqda? Saylab qo‘yilgan shaxslar mamlakatni qanchalik samarali boshqarmoqda?

Endilikda bu savollarga javob berish – o‘zgacha fikrlashning jinoiy ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Biz bu davrdan o‘tganmiz. 

80-yillarda men jurfak talabasi edim, men bunga qarshi qanday kurash olib borganimizni yaxshi eslayman. 

O‘shanda, hozirgi O‘zbekistondagi kabi, bosmaxona dastgohlari o‘ta jiddiy nazorat qilinar, kserokslar hali paydo bo‘lmagan, kompyuterlar va Internetgacha hali umumumun ancha uzoq edi.

Mafkuraga zid bo‘lgan har qanday narsani chop qilish, xatarli oqibatga olib borar edi. Biz bundan qo‘rqsakda, biroq varaqalar chop qildik.

O‘sha paytlarda mening shalog‘i chiqqan “Moskva” yozuv mashikam bor, men unda faqat yetti nushagacha “samizdat” chop qila olardim.

Keyinchalik bizga bosmaxona harflarining butun boshli kassasini hadya qilishdi – qo‘l bosmasi uchun haqiqiy qo‘rg‘oshin literalari.

Ular yordamida men qo‘lda varaqa matnini – bir varaqdan iborat kommunizmga qarshi chaqiriqni terib chiqdim. Tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, siyoh, qo‘rg‘oshinga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

Varaqa yozuvlari chaplashib ketgan, ayrim joylarining umuman o‘qish qiyin, biroq otamlar e'tiborini tortish mumkin edi. Umuman KGB e'tiborini ham.

Meni o‘shanda turmaga bosishmadi, biroq armiyaga jo‘natishdi. Shundan keyin ham e'tiborsiz qoldirishgani yo‘q.

Bu 82-yil, SSSR qulashiga va O‘zbekiston mustaqilligiga hali to‘qqiz yil bor edi.

«Tabriklayman, sen likvidatorsan!», – dedi 91-da, mening qachonlardir amalga oshmagan erkin bosmaxona uchun literalar keltirib bergan eski do‘stim. Bu paytga kelib axborot tarqatishning zamonaviy uskunalari: o‘sha kserokslaru, kompyuterlar paydo bo‘lgan. 

Buning ustiga rasmiy gazetalar ham haqiqatga yaqin narsalarni chop qila boshlagan va odamlar ham erkin fikrlashga o‘rganishgandi.

Biroq, tag‘in nimadir yuz berdi. Tag‘in tarix g‘ildiragi ortga qarab aylana boshladi – tag‘in bizni alday boshlashdi, va tag‘in biz bu haqda gapirishdan qo‘rqa boshladik. 

Siyosat, iqtisod, OAV – buning bari O‘zbekistonda ikki parallel reallikda mavjud. Rasmiy versiyaga ko‘ra: demokratiya, fikr erkinligi, farovonlik va barqarorlik. Real hayotda esa: nohaqlik, qashshoqlik, korruptsiya, har qanday o‘zgacha fikrga toqatsizlik.

O‘zbekistonliklar shu ikki reallikda bir vaqtning o‘zida yashashga o‘rganishgan, indamay xasharga chiqishadi, pul berib paxta majburiyatidan qutilishadi, pora berishadi, Internetda taqiqlangan OAVni o‘qishadi va tillarini tishlari orasida saqlashadi. 

Va tag‘in – ozodlikka intilishgani uchun jazolangan jurnalistlar muxolifatchilar haqida eslamaslikka harakat qilishadi. Ulardan qaysilari – panjara ortida, kimlardir boshqa mamlakatga qochib chiqishga majbur bo‘lgan, kimnidir esa esa jinni deya e'lon qilishgan.

Bunday mamlakatni qanday kelajak kutadi? Shimoliy Koreyaga razm soling – agar, albatta, Internetdan ushbu mamlakatda nimalar sodir bo‘layotgani haqidagi haqiqatlarning urvog‘ini topa olsangiz.

Eng so‘nggi «ilhomlantiruvchi» xabarlardan biri: mamlakatda barcha erkaklarning sochini, qadrli o‘rtoq Kim Chen Irning o‘g‘li, kommunistik mamlakat hukmronligini meros olgan, qadrli o‘rtoq Kim Chen In sochi kabi taroshlash majburiyati qo‘yildi.

Kulgilimi? Nima sizga Islom Karimov sochining taroshlanishi yoqmaydimi?

Umuman, to‘g‘ri aytishadi, eng qorong‘u tun tong oldidan bo‘ladi deya. 

Va mening shunga ishonchim komilki, bugun, O‘zbekistondagi mustabid rejim har qachongidan kuchayarkan, qaerdadir, kimningdir cho‘ntagida kichkina fleshka bor. Fleshkada esa – buzilmas deya atalgan narsalarni buzishga qodir g‘oyalar bor.

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2020
Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda ...
16 mart 2017
So‘nggi vaqtlarda mamlakatda korruptsiya mavzusi faol muhokama etilayotganiga ishora qilgan Kun.uz sayti Kommersant.uz internet nashriga asoslangan holda iqtisodchi ekspert ...
12 iyul 2017
Andijonda havo harorati ko‘tarilgan sayin odamlar favvoralar yoni va suv bo‘ylariga o‘zini urmoqda, ob havo darajasi haqidagi rasmiy ma'lumotlarga ...
15 oktyabr 2019
Eltuz nashri «Yozarning sasi» ruknida o‘zbekistonlik taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi: «Gorbachyovning oshkoralik siyosati barchamizning ko‘zimizni ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...