Video
11 aprel 2015

Sochi Olimpiyadasida bechora gastarbayterlar haqida eslang

Qudrat Bobojon

Ular, prezident Karimov nafratlangani va dangasalar deya atagani, ularni ovlashgan, lagerlarga, keyinchalik qaytish chiptasi evaziga mehnatga majbur etishgan payti boshqa davlat rahbarlari kabi himoya qilmagani uchungina emas, shuncha ko‘rgiliklardan so‘ng ularni unutishganlari uchun ham sharafsizdir.

Xyuman Rayts Votch xalqaro tashkiloti o‘z hisobotida Olimpiya tayyorgarlik ishlari paytida Rossiya hukumati tomonidan ko‘plab qonunbuzarliklar sodir etilganiga misollar keltiradi.

Hisobotga ko‘ra, Olimpiada va boshqa Rossiyaning yirik qurilish loyihalari, so‘nggi paytlarda, mehnat migrantlari kuchi bilan amalga oshirilmoqda, ularni ko‘pincha shafqatsiz ekspluatatsiya qilishmoqda.

Olimpiadadagi tag‘in bir o‘zbek izini, geroin baroni, O‘zbekistondan bo‘lgan avtoritet G‘afurRahimovdir. Amerika teleanali AVS, uning «pul qoplari» evaziga Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiya nomzodini qo‘llashga ko‘ndirgan.

Sochi Olimpiadasi narhi bo‘yicha ham eng qimmat hisoblanadi. Siyosatchilar – boshqa qishki olimpiadalarga 2 milliard atrofida sarflangan bir paytda 52 milliard yevro harj qilinganini hisoblashgan. Muholifatchi va sobiq Rossiya hukumati rahbari Boris Nemtsovning hisob kitoblariga ko‘ra, bu pulning 30 milliardi o‘g‘irlangan.

Biroq tashkilotchilar quruvchi-migrantlar haqini berishda hasislik qilishgan. Ayni paytda ularning deyarli barchasi, ish beruvchilar ularni kuniga 12 soatdan, ikki haftada bir dam olish kuni bilan ishlashga majbur etishgan, ularning hujjatlarini, jumladan pasportlarini tortib olishgan.

2013 yilning yozida moskva militsiyasi mehnat muhojirlariga nisbatan, ularning noslavyan ko‘rinishidan kelib chiqib diskriminatsion kampaniyani boshladi.

Bir necha mingi qamoqqa olingan. Ularning ayrimlari ozod etilgan, boshqalari haydalgan.

Bir necha yuzlab ushlanganlarni chodir lagerlariga olib ketishgan, u yerda noinsoniy munosabatlarga solinishgan.

Nolegal mehnat muhojirlarini ushlash va deportatsiya qilish kampaniyasi, Rossiyaning boshqa mintaqalariga ham yoyilgan, ularni kontsentratsion lagerlarda saqlashgan, keyin esa qurilish ishlariga, jumladan Sochiga jo‘natishgan.

«Media va rasmiy shaxslar tomonidan ksenofob ritorika tarzidagi ushbu kampaniya, ultramillatchi guruhlar zo‘rovonligining avj olishiga yordam berdi», deya ta'kidlashadi Xyuman Rayts Votch vakillari.

Konstantin Ernst – ochilish marosimi bosh prodyuseri, Rossiya olimpiadasini tashkil etishdagi butun tayyorgarlik ishlarini, faqat Rossiyagagina hos bo‘lgan katta bir urush harakatlariga qiyoslaydi, prisuщimi tolko Rossii.

Agar bu urun bo‘lsa, unda kimga qarshi?
Agar ular g‘oliblar bo‘lishsa, u holda kimning ustidan?
Agar bu urush bo‘lsa, biz uning qurbonlari – yuzlab erksiz ishchilar, yuzlab haqsiz gastarbayterlar haqida eslamaymizmi?

Tag‘in o‘qing
27 mart 2017
Bahor dunyoning turli nuqtalarida turlicha keladi. Chunki bahorni hamma o‘zgacha talqin qiladi, o‘z bilganigacha ta'riflaydi. O‘zbekistonning bosma nashrlari ham ...
13 may 2016
Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi. ...
18 yanvar 2019
Turk yozuvchisi Aziz Nesin va rus yozuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib yozilgan «hikoya» Bu hikoya yana ...
27 aprel 2019
2018 yil dekabr oyida Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari sudi Sardoba paxta tozalash zavodidagi talon-torojliklar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqdi. Ayblanuvchilar ...
Bloglar
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ...
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan ...
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...