Video
15 yanvar 2016

Eltuz maqolasidan keyin transvestitni tepgan mirshabning pogoni yulindi

Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra 11 yanvar kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tuman hokimligida TIIB shaxsiy tarkibi ishtirokida majlis o‘tkazilib, unda transvestitning kaltaklanishi va qolganlarning tiz cho‘ktirilishi aks etgan video muhokama qilingan.

Qatortol mavzeidagi kvartiralardan birida olingani aytilayotgan ushbu viderolik haqidagi axborotni bu yil ilk bor Eltuz nashri 4 yanvar kuni e'lon qilgan edi.

2015 yil avgustida tarmoqqa qo‘yilgan video asosida Eltuz chop qilgan «Toshkentda transvestitlar ovi» maqolasidan keyin bu voqeaga e'tibor kuchaydi.

Majlisda yigitning yuziga tepib zo‘rovonlik ko‘rsatgan ahloq bo‘limi kapitani va profilaktika inspektori bo‘lgan katta leytenantning majlis ishtirokchilari qarshisida pagonlari yulingan.

Eltuz manbasining aniqlashicha, majlisda yuqori militsiya mulozimlaridan, dekabr oxirida mansabga tayinlangan Toshkent shahar militsiyasining yangi boshlig‘i Bahodir Qurbonov ishtirok etgan.

Manbaga ko‘ra, ushbu viderolik, shahar ichki ishlar bo‘limi (ShIIB) surishtiruvi, militsiya ichki yo‘riqnomaning 69 moddasi, ya'ni “qonunni buzish va aholi orasida militsiya xodimlarining obro‘siga salbiy ta'sir ko‘rsatish” ayblovi bilan ikkala militsiyaning ham ishdan haydalishiga sabab bo‘lgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 sentyabr 2017
O‘zbekistonlik bir-birini tanimaydigan bir necha tadbirkorning “Eltuz” muxbiriga ma'lum qilishicha, 2010-2016 yillar davomida MXX Milliy havfsizlik va MX (SB) ...
24 aprel 2019
Jizzax viloyatining Zomin tumanida 23 aprel kuni o‘tgan yili «Zomin siti» qurilishi uchun buzilgan uylari evaziga yetarli tovon puli ...
26 oktyabr 2018
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, ...
2 fevral 2019
O‘n sakkiz yildan ortiq O‘zbekistonning Jasliq qamoqxonasida qolayotgan 44 yoshli siyosiy mahkum Iskandar Xudoyberganovning ahvoli o‘ta og‘irlashgan. Bu haqda ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...