Asosiy mavzular
16 noyabr 2016

Bolasini urgan o‘zbek ayoli Turkiyada 11 oy qamoqqa hukm qilindi

Turkiyaning Mersin shahar mahkamasi o‘z farzandini kaltaklagan Gulchehra Isoqulova ustidan ochilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib uni aybli deb topdi va 11 oy qamoq jazosi belgiladi.

Mahkamada ishtirok etgan guvohlardan birining Eltuz.somga aytishicha, ayblanuvchi o‘z qilmishidan jiddiy pushaymon bo‘lganini sud hakami inobatga olgan.

Mersin prokurori Isoqulovaga besh yil og‘ir qamoq jazosi berilishini so‘ragan edi.

O‘zining 3 yashar Tuanna Chakmagali (Tuanna Çekmegeli) ismli qizini kaltaklagan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Isoqulova O‘nbeshinchi Mersin Jazo mahkamasi tarafidan “Tahdidli harakat va kishi badaniga qasddan shikast yetkazish” aybi bilan mahkama qora kursisiga keltirilgan edi.

Mersin prokurori Isoqulovaga besh yil og‘ir qamoq jazosi berilishini so‘ragan

Prokuror Tamar Unuvar (Tamer Ünüvar) tomonidan hozirlangan ayblov hulosasi va hukm nushasi eltuz.comda mavjud:

“Ayblanuvchi o‘z qizi bo‘lgan jabrlanuvchini istitish batareyasini yoqishga uringan paytda uyat va ahloqsiz gaplar bilan haqorat etgani va jabrlanuvchining yuziga va ketiga urgani holatida jinoyat alomati mavjud.

Shuningdek ayblanuvchi o‘ng oyog‘i bilan jabrlanuvchini tepib “seni o‘ldiraman” deyishida esa tahdid bilan bog‘liq jinoyat unsuri bor.

Voqeaning videoga olingan qismi 2 minutu 46 sekund davom etadi” deyiladi aybnomada.

15-inchi Mersin Jazo Mahkamasida so‘zga chiqqan Gulchehra Isoqulova o‘zini himoya qilishga tirishgan edi:

«Qizimni kaltaklaganimni bo‘ynimga olaman. Men o‘z jaxlimning qurboni bo‘ldim. Men O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushganimdan beri ezilaman. Sen kelgindisan deya menga erim va uning qarindoshlari tarafidan qilingan zulmning sanog‘i yo‘q. Buni oqibatida ruhiy besaranjomlikka yo‘liqdim. Hatto farzandimni qo‘limdan olmasinlar deya ayollarga yordam beradigan resurs markazlarga ham bordim. Dardimni aytishga atrofda biror odam yo‘q axir. Men butun onalardan va qizimdan uzr so‘rayman.

Men baxti qaroni kechiringlar. Men yomon ona emasman.Men fitna qurboni bo‘lgan onaman. Ammo men farzandimni juda sevaman. Olloh hech kimni bolasidan ayirmasin. Insholloh adolatli qaror chiqib bolamni bag‘rimga bossam deb umid qilaman. Menga bolamni qaytaringlar azizlar. Uni kaltaklaganimda es-hushim joyida emas edi.” deya hakamga yuzlangan Gulchehra Isoqulova “Videoga olish tadbiri farzandini undan ayirish uchun tuzoq bo‘lganini” iddao qilgan edi.

“Erimning qarindoshi Olmos Oqyurt (Elmas Akyurt) videoga tushirib tarqatdi. Maqsad bolani mendan tortib olish edi. Bu ayolni uyimga kiritdim ammo u nonko‘rlik qildi. Aynan u meni qizimni kaltaklashga gij-gijladi. U erim bilan til biriktirib qo‘limdan bolani olish uchun tuzoq qurdi. Men shu tuzoqqa tushdim. Men qizimni yemay yedirgan, ichmay ichirgan mehribon bir ona edim. Juda pushaymonman. Mana uch oyki farzandimni ko‘rmadim deya ko‘zida yosh bilan gapirgan Isoqulovaning bu gaplari mahalliy matbuotga ko‘chib Turkiyadagi bolasevarlarni daxshatga soldi.

Mahkama qarosridan norozi bo‘lgan Isoqulovaning eri Hasan Tayfun (Hasan Tayfun Çekmegeli) esa qo‘shimcha dalillar keltirib xotinini aybladi:
«Bolani urgani videoda aniq tiniq ko‘rinib turibdi. Bundan tashqari shamsiya va o‘qlov bilan ham muntazam urardi bolani. Men bu ayolga eng og‘ir jazo berilishini talab qilaman. Bolani urishga qo‘li o‘rganib ketgandi. Nuqul urardi. Xozir esa sizlarni rahmingizni keltirish uchun aybni boshqalarga ag‘darmoqchi, dedi mahkama majlisida ayblanuvching eri.

Guvohlar ona tarafini oldi

Mahkamada Gulchehra Isoqulovaning to‘rt qo‘shnisi guvoh sifatida tinglandi. Guvohlar Gulchehranig o‘z qiziga muntazam yomon muomala qilmaganini aytib uning mehribon ona ekanligi, oniy jaxl bilan hislariga hokim bo‘la olmaganliklarini ta'kidlashdi.

Tomonlarni eshitgan sud hakami bu jinoyat yuzasidan maksimum kam jazo berayotganligini ayolning pushaymonligi bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz Turkiyaning Mersin shahrida o‘zining uch yashar qizini shafqatsizlarcha kaltaklagan 36 yashar o‘zbekistonlik Gulchehra Isoqulova qo‘lga olinib shaharni tark etmaslik sharti bilan mahkamagacha qo‘yib yuborilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan videoda o‘zbek ayolning norasida go‘dakni tarsakilab urgani va tepgani aks etgan.

Ma'lum bo‘lishicha bu voqea o‘tgan yil dekabr oyida sodir bo‘lgan va ayolning qiz jiyani tarafidan qo‘l telefoniga olinib tarmoqqa yuklangan.

Rafiqasining shafaqatsizligi aks etgan videoni ko‘rgan 30 yashar Hasan Tayfun xotinidan ajralish uchun mahkamaga ariza topshirdi.

Mahkama Hasan Tayfun da'vosini qondirdi va o‘zbekistonlik ayolni onalik huquqidan mahrum qildi.

Bola Hasan Tayfun tarbiyasiga berildi.

Bolani kaltaklash aks etgan videoni o‘rgangan Mersin prokurori “Tahdid, qiynoq va qasddan jismoniy shikast yetkazish” borasida aybnoma yozib, o‘zbek ayolni 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish talabini ilgari surgan edi.

O‘z qizini kaltaklagan o‘zbek ayoliga berilgan jazo hakam talabi bilan kechiktirildi. Mahkum o‘z uyida politsiya nazoratida qoladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 noyabr 2016
Internet va media sohasi O‘zbekistonda dunyoda eng keskin nazorat qilinadigan davlatdir. «Freedom House» har yili o‘tkazadigan Dunyo bo‘yicha Internet ...
7 avgust 2018
Tushishim bilan «Nimaga imillaysan hayvon, kurortga keldingmi!?» deb yelkamga, belimga besh-olti marta rezina to‘qmoq bilan ayamasdan urishadi, «delo» bo‘yicha ...
6 oktyabr 2021
O‘zbekiston Rossiyadan 1 million gektar yerni ijaraga olishga harakat qilmoqda, bu 2,5 million tonna g‘alla olish imkonini yaratadi, deya ...
13 sentyabr 2018
«Navbatim yaqinlashgan sari tobora kuchayib borayotgan vahima butun vujudimni qoplab oldi. O‘ng oyog‘im tovoni zirqirab og‘riy boshladi…». Muhammad Bekjon ...
Bloglar
7 fevral 2023
Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida ...
3 yanvar 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan ...
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim ...