Kaltaklangan qorqiz nega kechirim so‘radi
Ijtimoiy tarmoqda yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bola va uning sherigi kechirim so‘radi
Bundan ilgari yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bolani bir to‘da erkaklar haqoratlab, kaltaklangani aks etgan video tarqalgan edi.
Videoda uni kaltaklaganlarning biri «Ket Namanganingga!» deya so‘kadi. Unga javoban bola o‘zining andijonlik ekanini aytadi.
Voqeadan keyin tarmoqda andijonliklar va namanganliklar o‘rtasida dahanaki jang boshlandi.
Ketma-ket har ikki tomonning «videojavoblari» paydo bo‘ldi.
Nihoyat kaltaklab izza qilingan bola namanganliklardan kechirim so‘radi.
Nima uchun? Uni kaltaklashganlari uchunmi?
Yoki namanganga quvishgani uchunmi?
Nima uchun uni videoga olganlar, uni kaltaklaganlar, tepib, haqorat qilganlar chetda turibdi?
Nima uchun u viloyat ajratib ayirmachilik qilayotganlardan kechirim so‘rashi kerak?
Eltuz ayni savollar bilan voqeaga yaqin shaxslarga yuzlandi biroq aniq javob ololgani yo‘q.
Bilganimiz bu gaplar bolaning mahallasida muhokama qilingani, bola qorqiz libosini yangi yil archasida qatnashish uchungina kiygani bo‘ldi.
Bezorilarning videoda mahalla ajratib so‘kinishlari esa ijtimoiy tarmoqda Andijon va Namangan viloyatidan bo‘lganlar o‘rtasidagi dahanaki jang xamirturushi bo‘lgan edi.
Eltuz.som