O‘zbek milliarderi rus blogeriga tupurdi
18 may kuni Navalniyga tupurganini bildirgan Alisher Usmonov videosi ijtimoiy tarmoqda tezgina ovoza bo‘ldi.
Siyosatchi va bloger Navalniyni sudga berish oldidan videojavob sifatida Yutubga qo‘yilgan murojaatda Usmonov uni kechirim so‘rashga undagan.
Bu o‘zbek milliarderining ilk videoblogi ekani aytilsada, uni Eltuz maqolasi chop qilinayotgan so‘nggi daqiqada 900 961 marta tomosha qildi va kanalga 6 mingdan ziyod yutub yuzeri obuna bo‘ldi.
«Sen nima, «ponyatie» degan narsalarni umuman bilmaysanmi…» deya yuzlanadi bir vaqtlar olti yil turmada o‘tirganini iddao qilgan Usmonov, rus barigalariga hos ohangda.
Aprel oyining boshida Aleksey Navalniy uning Rossiya bosh vaziri Medvedevga 5 milliard rubllik qasr sovg‘a qilgani haqidagi filmini taqdim qilgandi.
«Yolg‘on gapirayapsan, ikkimizdan birimiz jinoyatchi bo‘lsak – bu sensan!», deydi o‘z javobida Usmonov siyosatchini sensirab.
O‘zini oqlash uchun 12 minutlik videosida oldi-berdisi haqida gapirarkan, Usmonov buning uzun bir qissa bo‘lishini aytadi.
«Odamlarga nafaqat ish qilgani uchun, balki qilmagani uchun ham haq to‘lashadi… Eng muhimi men o‘z istaganimga erishdim, jumladan ajoyib qayiq va samalyotga ham», deydi u qanday qilib milliardlarga erishgani siri haqida.
Uni pora berishda ayblagan Navalniyni esa «hasadgo‘y», «yaramas», «omadsiz» va «jinoyatchi» deya ataydi.
O‘zining o‘g‘ri va jinoyatchiligini Navalniyga «o‘xshaganlar hayotda hech qachon isbot qila olmasligi»ni ta'kidlarkan:
«Sen filga qarab akillayotgan ko‘ppakka o‘xshaysan. Tupurdim senga, Aleksey Navalniy!», dedi rossiyalik milliarder o‘z videomurojaati so‘nggida Aleksey Navalniyga.
Eltuz.com