Asosiy mavzular
25 may 2017

O‘zTV Sovetning paxta afsonasi Tursunoyni «tiriltirdi» (video)

20 may kuni O‘zbekiston telekanalining Tahlilnoma dasturida sovet davri afsonasiga aylantirilgan ayol – Tursunoy Ohunova hayotiga bag‘ishlangan lavhani nimoyish qildi.

O‘zbekistonlik tahlilchi Anvar Nazir Eltuzga bergan intervyusida buni sovet davri tashviqotining tiriltirilishi deya baholadi.

Tursunoy Oxunova 1937 yil 20 mayda tug‘ilgan, 1960 yildan Toshkentdagi Kirov nomli kolxoz brigadiri bo‘lgan, 1983 yil vafot etgan.

O‘sha davr yoshlari uchun ideal bo‘lgan, sovet afsonasiga aylantirilgan ayol 1954 yilgi paxta mavsumida 20 tonna, keyingi yili 60 tonna, 1959 yilga kelib esa 210 tonna paxta terib topshirgani iddao qilinadi.

«Bu ko‘zbo‘yamachilik bo‘lgan, uning uchun butun boshli brigada paxta tergan, va ular qo‘lda paxta terishgan», deydi Anvar Nazir.

Chunki tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha davrdagi sovet traktorlarida bir mavsumda 30 tonnadan ortiq paxta terish texnik jihatdan mumkin emas edi.

Bundan tashqari, tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, «Tahlilnoma» dasturiga kiritilgan ko‘rsatuvda Tursunoy Oxunovaning 46 yoshida fojiali o‘lgani aytilmagan.

«Tursunoy Oxunovani sovetlar boshini yedi – paxta dalasiga sepilgan zaharli dorilardan saratonga uchrab yosh o‘lib ketdi» deydi Anvar Nazir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 yanvar 2022
Inson huquqlari himoyachisi Umida Niyozova uzoq yillik hijratdan so‘ng vataniga qilgan safari va yangi voqeliklardan olgan taassurotlari haqida O‘zbekistonda ...
16 avgust 2019
Bundan bir qancha vaqt muqaddam internetda e'lon qilingan “Pufak” sarlavhali maqolasi ortidan taniqli yozuvchi, Karimov davrining nufuzli mulozimlaridan biri ...
11 sentyabr 2018
Rassom KirpiEltuz.com
1 aprel 2021
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev 30 mart kuni O‘sh viloyatining O‘zgan tumani aholisi bilan uchrashuvda “O‘zbekiston ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...