Catira
14 iyun 2017

Mirziyoev o‘zbek siyosati Gulliveriga aylandi (video)

Prezident Shavkat Mirziyoevning viloyatlarga xizmat safarlari o‘zbek telekanallari orqali buyuk voqea kabi talqin qilinmoqda.

Ayniqsa 2-iyun kuni Mirziyoevning Andijonga safari aks etgan MTRKning «Davr» va «Axborot» lavhalarida Shavkat Mirziyoev shaxsi oshiqcha ko‘klarga ko‘tarildi.

«Muhtaram prezidentimiz!» kalimasi studiya suhandoni, reportajni taqdim etayotgan muxbir va intervyu beruvchilar tomonidanmuttasil takrorlandi.

Jumladan, ayrim andijonliklar prezidentning «shaharga tashrif buyurishining o‘zi» ular uchun katta baxt ekanini bildirishdi.

Xalqning o‘zgarishlardan haddan ziyod baxtiyorligini ko‘rib, Mirziyoev quloqlariga ishonmay, xalqdan  «Bu o‘zgarishlar rostmi yo yolg‘onmi?» deya so‘raydi.

«Rost! Rost!», degan xitoblar yog‘day yoqqan Shavkat Mirziyoev:

«Mana shu gaplaring menga juda kuch bag‘ishlayabdi. Jamiyatimiz qachon o‘zgaradi, agar biz kattakonlar pastga tushib xalqqa xizmat qilsa» deydi.

Ayni manzaradan ilhomlangan rassom Tuz Mirziyoevni mayda odamlar davrasidagi kattakon dev shaklida aks ettirdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Eltuz.com
Tag‘in o‘qing
14 aprel 2016
Maqola muallifining yozg‘irishicha, global tarmoqdagi turli ma'lumotlar yoshlar ongiga salbiy ta'sir o‘tkazishi, ularning axloqiy jihatdan tubanlashuviga, zararli g‘oyalar ta'siriga ...
17 avgust 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
15 yanvar 2019
Samarqandga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev yangi soliq siyosati doirasida joriy yil yakuni bo‘yicha respublikada 5,5 trln so‘m ...
16 noyabr 2017
Sal avvalroq o‘zbek matbuotida Mehnat vazirligi va Migratsiya agentligi mas'ullari Rosssiyaga safar qilib, ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgani, bo‘lajak migrantlar uchun ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...