ART-DURBIN
26 iyun 2017

Afsonaviy kinochi Rustam Hamdamovning “Tubsiz qop” filmi Moskvada taqdim qilindi

39 inchi Xalqaro Moskva kinofestivali tanlovida Rossiyani tamsil qilgan uch asosiy kinodan birini Toshkentda tug‘ilgan rassom va rejisser Rustam Hamdamov taqdim qildi.

Kinochining “Tubsiz qop” filmi munaqqidlar tahminicha, konkurs g‘olibi bo‘lishi mumkin.

Kinofestivalning asosiy voqeasi sifatida ko‘rilgan “Tubsiz qop” filmi 74 yashar Rustam Hamdamovning so‘nggi besh yillik mehnat samarasidir.

Taniqli aktrisa Svetlana Nemolyaeva ishtirokidagi bu film XIII asrda rus shahzodasining sirli o‘limi tergovi haqida.

Kino personaji roviy xonim knyaz huzurida shahzodaning o‘limi haqidagi ertakni aytib beradi.

Qotillik versiyalari huddi tagi teshik qopdan to‘kilgandek yo‘q bo‘ladi. Chunki guvohlar doimgidek yolg‘on so‘zlaydilar.

Antonioniga xos majoz

Bundan oldin Italiyada o‘tayotgan 67 xalqaro Venetsiya kinofestivalida Moskvada ijod qiladigan taniqli o‘zbek kinochisi Rustam Hamdamov o‘zining «Javohirlar» nomli filmi bilan ishtirok etgan edi.

O‘zbek rejissyori suratga olgan film o‘tgan asrning 20 yillarida yashagan balet ustalari haqidagi ertak, deya taqdim qilingan.

Filmdagi asosiy ikkita rol – oq ayol va qora ayol rolini Diana Vishneva va Renata Litvinovalar ijro qilishgan.

Vishneva ijrosidagi balerina ikki holatda aks ettiriladi. Bir holatda magazindan javohir o‘g‘irlaydi, ikkinchi holatda sahnada Lyudvig Minkusning “Bayaderki” asari uchinchi aktida raqsga tushadi.

Rustam Hamdamovning bu asari mavhumlik va reallikning oltin o‘rtasidagi ertak sifatida taqdim qilindi.

Munaqqidlar nazarida Hamdamov filmi Mikelandjelo Antonioni suratga olgan “Qizil shar” Alena Renening “O‘tgan yoz Marienbadda” filmlaridagi ishorat va majozni eslatadi.

Bundan 15 yil oldin Rustam Hamdamov bosh rolda Renata Litvinova suratga tushgan “Vokal parallellar” filmini Venetsiya festivalida namoyish qilgan edi.

Rassom va kinochi

Favqulloda iste'dod sohibi Rustam Hamdamov 1944 yili Toshkentda tug‘ildi.

VGIKga o‘qishga kirib taniqli kinochi Georgiy Chuxray qo‘lida taxsil oldi.

Rustam Hamdamovning rassom sifatida yaratgan asarlari Ermitaj muzeyiga sotib olingan.

Ermitaj o‘z qoidalariga istisno o‘laroq, ilk marta 2003 yilda rassom Rustam Hamdamov asarlarini hali u tirikligidayoq sotib oldi.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 aprel 2021
Sobiq qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 5 aprel kuni aeysbukda jonli chiqish qilib, “Erk” demokratik partiyasiga a'zo bo‘lib kirganini e'lon qildi ...
16 aprel 2018
Mudofaa vazirligi harbiylarning kiyim-boshlari namunasini taqdim qildi. O‘zbek harbiysining yangi mundiri namunalari 1937 yilda Turkiston oydinlarini qatag‘on qilgan NKVD ...
20 avgust 2019
Asakalik tadbirkor Sirojiddin Najmiddinov tuman markazida tashkil qilgan «Tasanno Omad Lyuks» savdo majmuasini sherigi Anvar O‘rinboev tortib olinganidan shikoyat ...
20 noyabr 2020
Istayman: uyimning derazalari Doim ochiq tursin, lang ochiq tursin. Xonamda o‘ynasin quyosh zarlari, Yetmish yurt – iqlimdan shamollar yursin. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...