O‘zbek videoblogeri: «Rossiyadan qaytgach, Xorazmga moslashishim qiyin bo‘ldi»
O‘tgan hafta Sankt Peterburgdan Xorazmga qaytgan Shuxdil kanali blogeri Shuhrat Masharipov jonli videolari bilan mashhur bo‘ldi.
Qisqa vaqt ichida uning obunachilari soni 6 mingdan oshdi, kanalga kirib ko‘ruvchilarning umumiy soni esa bir millionga yaqinlashdi.
Bozorlar, yemakxonalar, sartaroshxonalar, spinner o‘yinchog‘idan hayratga tushgan Urganchdagi mushuk yoki Shovot kanaliga ekshn kamera bilan sho‘ng‘ish kabi oddiy narsalar – bugun uning kanalini horijlik o‘zbeklar oldida mashhur qilgan mavzular bo‘lmoqda.
Eltuz muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Masharipov oldiniga odamlarga kamera bilan yaqinlashish qiyin bo‘lgani, biroq bunga tezgina moslashib ketganini bildiradi.
7 iyul kuni Shuxdil Urganch Bozoridan ushbu videoni tarmoqqa qo‘ydi.
Eltuz.com