Asosiy mavzular
28 iyul 2017

Gulnora Karimova – mavjud korruptsiyaning bir qismi (video)

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi marhum prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova jinoyatiga oid tafsilotlarini ochiqladi. Bunga ko‘ra, u 5 yilga qamalgan, ikkinchi ish bo‘yicha esa tergov davom etmoqda.

O‘zbek prokuraturasi iddaosiga ko‘ra, horijiy davlatlarda qolgan Gulnora Karimova aktivlari O‘zbekistonga qaytarilishi kerak.

Mazkur xabar bilan deyarli bir vaqtda, «New Media Advocacy Project» yangi filmni taqdim qildi, Eltuz nashri uni o‘zbekchaga o‘girdi.

Bunda, jinoyatga bevosita hukumatning sherik ekani, shu bois mablag‘ O‘zbekiston hukumatiga emas, o‘zbek ochiq jamiyati vakillari orqali korruptsiya jabrdiydalariga, o‘zbek xalqiga qaytarilishi kerakligi aytiladi.

Eltuz nashri shu yilning boshida Gulnora Karimova Shveytsariya tergovchilari tomonidan so‘roq qilingani, uning korruptsiyasi dohil sxemalari to‘g‘risidagi xabarlarni e'lon qilgan edi.

Prokuratura: Gulnora Karimova sherik bo‘lgan jinoyatlar

Prokuratura xabarida bildirilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga ehtiyot chorasi sifatida 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, Gulnora Karimovaga nisbatan telekommunikatsiyalarga oid uyushgan jinoiy guruhga ko‘maklashish holati bo‘yicha tergov davom ettirilmoqda.

2013 yil 24 oktyabrda “Terra Group” MChJ, “Prime Media” MChJ, “Gamma Promotion” MChJ faoliyatida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishida Gulnora Karimova farg‘onalik Rustam Madumarov raxbarlik qilgan jinoiy ishga ko‘maklashib kelgani aniqlangani bildiriladi.

Jumladan, Karimovaning nazorati ostida va ko‘magida uyushgan jinoiy guruh a'zolari 2001-2013 yillarda quyidagi bir qator jinoyatlarni sodir etishgan, xususan tovlamachilik yo‘llari bilan katta pul mablag‘lari, aktsiyalar va mulklarni egallash bilan shug‘ullangani;

Davlatga tegishli aktsiyalar va mulklarni past narxlarga tushirib sotib olish, hususiylashtirish yo‘li bilan 344,6 mlrd. so‘mlik talon taroj qilish. (“O‘zdunrobita”, “Coca-Cola”, “Rubicon Wireless Communication” va boshqalar);

Daromadni, tushumlarni kamaytirib ko‘rsatish, imtiyozlarni noqonuniy qo‘llash, soliq bazasini kamaytirish va ofshor faoliyatida 2 trln. 91,4 mlrd. so‘mlik soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash;

Ushbu epizodlar bo‘yicha Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari (165, 167, 179, 184, 227 va boshqalar) bilan ayblov e'lon qilingani bildiriladi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tarqatgan xabarda.

Gulnora Karimovaning ushbu jinoyatlarni sodir etishdagi aybi, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish osnosida tasdig‘ini topgani aytiladi.

Radiochastota resurslari mobil operatorlari bilan bog‘liq firibgarliklar

Gulnora Karimova ustidan ayni paytda davom ettirilayotgani iddao qilinayotgan tergov ishi telekommunikatsiya operatorlari, radiochastotalarga oid firibgarliklar bilan bog‘liq.

Bunga ko‘ra u, aloqa operatorlari mijozlaridan asossiz qo‘shimcha to‘lovlar undirish; offshor shirkatlar hisobiga “bo‘naklar” olish; radiochastota va yer uchastkalarini noqonuniy sotish; ulushlarni sotish va dividendlarni to‘lash niqobi ostida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni chet elga olib chiqib ketish; naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilmaslik, eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tushumidan majburiy 50% lik sotuvni amalga oshirmaslik; tovarlarni sun'iy oshirilgan narxlarda import qilish yo‘li bilan jami 1 mlrd. 942,8 mln. AQSh doll. va 29,1 mln. yevro miqdoridagi xorijiy valyutani yashirishda ayblanadi.

Import qilingan tovarlar miqdorini to‘liq ko‘rsatmaslik va ularning narxini kamaytirib ko‘rsatish; olib chiqilgan naqd xorijiy valyutani bojxona nazoratidan yashirish;

eksport qilingan mahsulot qiymatini pasaytirib ko‘rsatish yo‘li bilan jami 607,6 mlrd. so‘mga bojxona qonunchiligini buzishda ayblanadi.

Tovarlarni sotish, bajarilgan ishlar va xizmatlardan tushumlarni inkassatsiya qilmaslik, pul mablag‘larini noqonuniy naqdlashtirish yo‘li bilan jami 572,9 mlrd. so‘mga savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishda ayblanadi.

Shuningdek, Gulnora Karimovaga hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan uyushgan guruhning jinoiy faoliyatiga qonuniy tus berish maqsadida foydalanish; turar va noturar ob'ektlarni, boshqa mol-mulklarni sotib olish, uyushgan jinoiy guruh nazoratidagi offshor kompaniyalar o‘rtasida soxta kontraktlar bo‘yicha pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘li bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish ayblari ilgari surilmoqda.

Ushbu holatlar bo‘yicha unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e'lon qilingan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Gulnora Karimovaning samoleti va chet ellarda qolgan mulklari

O‘zbek prokuraturasiga ko‘ra, qayd etilgan 2 ta jinoyat ishi bo‘yicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi 1 mlrd. 651,8 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Tergov materiallari bo‘yicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd. 394,1 mln. AQSh doll., 63,5 mln. yevro, 27,1 mln. funt va 18,5 mln. frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘lari aniqlangani bildiriladi.

Jumladan Gulnora Karimovaga tegishli qimmatbaho qasrlar, ko‘chmas mulk va aktivlar tarzidagi bu mablag‘lar, Shveytsariyada, Shvetsiyada, Buyuk Britaniyada, Frantsiyada, Latviyada, Irlandiyada, Malta orolida, Germaniyada, Ispaniyada, Rossiyada, Yaltada, Gonkongda, Birlashgan Arab Amirligida, Dubayda ekani bildirilgan.

Malta orolida qolgan Gulnora Karimovaga tegishli 48,9 mln. dollarlik samolet shular jumlasidan.

Jinoyatga davlat idoralarining sherikligi e'tibordan chetda qoldi

Prokuratura hujjatlarida, hozirgi kunda Gulnora Karimovaning chet ellarda muzlatilgan mablag‘larini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilayotgani bildiriladi.

Jumladan Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash to‘g‘risidagi qarorlari yuborilgani aytiladi.

Ammo prokuratura ma'lumotlarida, Gulnora Karimova yuqorida qayd etilgan jinoyatlarini davlat idoralarining bevosita ishtirokisiz amalga oshira olmasligi aytilmaydi.

Aslida uning otasi, prezident Islom Karimov, qizining har qanday injiqliklariga indamay bosh egadigan amaldorlardan iborat tuzumni yaratgani uchun javobgardir.

New Media Advocacy Project taqdim qilgan videoda ayni shu jihatlar haqida gap boradi.

Video: https://youtu.be/YzvW3Mngd60
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 dekabr 2017
Prezident Mirziyoev 7 dekabr kungi nutqida Xalq qabulxonalariga bir yil ichida bir yarim million shikoyat tushganini bildirdi. Shikoyatlarning eng ...
1 noyabr 2015
Camarqandda Kerri va Karimovga inson huquqlari bo‘yicha savol bergan g‘arblik jurnalistlarni zaldan quvib chiqarishdi. Rassom: Tuz Eltuz.com
18 mart 2020
(Hikoyamas, bo‘lgani…) Ergash o‘lipti…O‘zbekistonda hamma koronavirus vahmasi-yu, bozor davrasi tashvishida… Go‘yoki och qolib ketgudek. Men esa bahorning iliq tunlarida ...
23 fevral 2017
Gazetalarimizda yillar davomida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi, taraqqiyotimiz uchun muhim o‘rin tutishi, dunyoda o‘xshashi kamligi tinimsiz ta'kidlab ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...