Asosiy mavzular
7 noyabr 2017

Andijon viloyati maktablari kichik sinf o‘quvchilari paxta terimiga chiqmoqda

2017 yilning 3 noyabrida huquq himoyachisi Yelena Urlaeva Andijon viloyatining Baliqchi tumani paxta dalalarida bo‘lib, o‘qituvchilarining nazorati ostida paxta terayotgan 11-12 yoshli bolalarni ko‘rdi.

Bolalar Baliqchi tumanidagi 1-maktabning 5-sinf o‘quvchilari bo‘lib chiqdi, ular har kuni maktabga 2-3 kilogrammdan paxta olib kelishlari kerak.

Shuningdek, Yelena Urlaeva Ulug‘nor tumanidagi 13-maktab o‘quvchilarini uchratdi, ular ham dalada paxta terayotgan edi. Huquq himoyachisi ayrim bolalar paxta dalasiga chuqur zovur ustidagi xatarli qo‘lbola ko‘prikdan o‘tayotganini ko‘rdi.

Shu kuni soat 11 da Urlaeva 13-maktab o‘qituvchilarining yelkalariga paxta terish uchun yetaklarini tashlab olgan kichik sinf o‘quvchilarini paxta dalasiga olib kelayotganini kuzatdi.

Bolalar va o‘qituvchilar paxta dalasiga yaqinlashgach, Urlaeva bolalarga paxta terish taqiqlanganini aytib, qichqira boshladi. Shundan so‘ng ular shoshilib dalani tark eta boshladi.

Xalqaro mehnat tashkiloti so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmayotganini ta'kidlamoqda. O‘zbek faollari esa bunday bayonotga hali ertaligini aytib, uni noto‘g‘ri, deb hisoblamoqda.

2017 yilgi kuzgi dala ishlarida bolalar va majburiy mehnat bo‘yicha mustaqil monitoring natijalari mahalliy hukumatning ilgarigidek chopiq va paxta terimida o‘quvchilardan foydalanishini ko‘rsatmoqda. Hozirga qadar O‘zbekistondagi paxta sektorida bolalar mehnatidan foydalanilishiga qarshi biror sezilarli jamoatchilik qarshiligi qayd etilgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 fevral 2024
Rassom Tuz
10 dekabr 2019
Sharqiy Yevropa kommunizm asorati va Sovet nazoratining 30 yilligini nishonlayotgan paytda Praga shahriga kelgan muxolifatdagi “Erk» demokratik partiyasi lideri ...
8 sentyabr 2018
Britaniyaning «Gardian» (the Gardian) gazetasi dunyodagi eng yaxshi ko‘cha ovqatlari ro‘yxatini e'lon qildi. Gazetxonlarning gastronomik ta'biga ko‘ra, o‘zbek palovi ...
21 fevral 2024
Eltuzga ushbu maktubni ko‘p yillar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Navoiy viloyati hokimlari va boshqa mutasaddilarni tanqid qilgan bloger Dildora ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...