Asosiy mavzular
16 noyabr 2017

Xotinini «o‘ris diniga o‘tgani uchun» pichoqlagan o‘zbek qamoqqa olindi

Boshqa dinga kirganlikda ayblab, xotinini pichoqlagan sayramlik 34 yoshli Xayrullo Normetov 14 noyabr kuni hibsga olindi. Sud hukmi chiqquniga qadar ehtiyot chorasi sifatida unga 2 oylik qamoq belgilandi.

Voqeani o‘rgangan Qozog‘iston matbuotiga ko‘ra, pichoqlangan holda ko‘chadan topilgan Umida Normetova og‘ir ahvolda kasalxonaga keltirilgan va hayoti saqlab qolingan.

13 noyabrda «Eltuz» nashri Normetovning Vatsap orqali tarqatgan videosini e'lon qilgan edi. Videoda u «o‘ris diniga kirib ketgani uchun» xotinining qorniga pichoq tiqqanini iddao qilgan edi.

«Islomda din xoini – Vatanning juda-juda katta xoini! Haqiqiy erkak!» deya baholadi voqeani, jumladan, feysbukning Astanov Tulkun ismli yuzeri.

Biroq pichoqlangan ayolning onasi Sandiqiz Jaqsiboeva qizining islom dinida bo‘lganini ta'kidlamoqda.

Pichoqlangan ayolning bir jiyani ham ammasining besh vaqt namoz o‘qigani va ikki bolasi bilan 11 yil erining kaltaklariga chidab yashab kelganini aytdi.

«Pochchamning o‘zi boshqa oqimga kirib ketgan», deydi u.

Normetovning onasi Jamila Normetova esa o‘g‘lini shu ahvolga tushirgan kelini va qaynonasi ekanini bildiradi.

Qozog‘iston matbuotiga ko‘ra, Normetov 12 noyabr kuni xotinining izidan poylab borib, uni ko‘chada pichoqlagan va voqea joyida tashlab ketgan. Voqeadan to‘rt kun burun uning xotini Umida Normetova bolalarini olib, onasinikiga ketib qolgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 dekabr 2018
O‘zini tarmoqda «tabibi mutlaq Hasan domla» deya tanitib,  minglab kasallarni faqat asal va pista bilan davolashga urinayotgan, o‘zida Iso ...
23 iyul 2018
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi, 29 yoshli Mesut O‘zilning turk ekanligi Germaniyaning jahon chempionatidagi omadsizligi bois, uning yuziga solindi. «Agar ...
11 yanvar 2022
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da. Joriy yil 4 yanvar ...
19 oktyabr 2015
Qudrat Bobojon, Eltuz.com Paxtada urushdagidek odamlar o‘limiga ko‘nikishgan. Shuning uchun 2 oktyabr kuni o‘zini paxta dalasidagi daraxtga osgan litsey ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...