Asosiy mavzular
9 fevral 2018

Mirziyoev MXX rahbarlarini «sotqin va g‘o‘daygan itlar» deb atadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimligi binosida o‘tgan viloyat faollari yig‘ilishida ko‘plab MXX xodimlarini ishdan haydagani haqida g‘azab bilan gapirdi.

«Mana, men bugun Boysun milliy xavfsizlik melisasi mayor Eshquvvatov Sunnatullo Ravshanovich degan g‘o‘ddaygan itni ishdan oldirdim», deb boshlanadi «Eltuz» nashriga bugun kelib tushgan audioyozuv.

Yig‘ilishda Mirziyoev viloyatdagi ayrim MXX xodimlarini o‘z haddidan oshgan davlat sotqinlari, deb ataydi. Jumladan, Angor tumani milliy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Abdurahimov Bahrom, MXX tergovchisi, adliya kapitani Berdimuhammedovni ishdan olishga qaror berganini bildiradi:

«Polkovnik Haydarov «zamestitel nachalnik otdela VMSGP» deb yozadi, hammasi sotqin o‘zi bular. Men bugun hammasini ishdan oldim!»

Yig‘ilishda u o‘z odati bo‘yicha mulozimlarini bitta-bitta o‘rnidan turg‘azib, MXXni tozalash bo‘yicha topshiriqlar beradi. Mulozimlar esa, «Tak tochno!», «Yest!» kabi eski KGB ishoratlari bilan javob berishadi.

Yig‘ilishda Mirziyoev, jumladan, MXXning general lavozimidagi uchta muovinini ishdan bo‘shatganini aytgan. MXX raisi o‘rinbosari bo‘lgan Shuhrat G‘ulomovni qamoqqa olganini aytib: «Sizlarda ishlab ketgan bitta noinsof, vatan xiyonatchisi bo‘lib, mana butun umr qamoqqa tushdi G‘ulomov degan noinsof», deydi.

Mirziyoev, shuningdek, viloyatdagi MXX rahbarlarini poraxo‘rlikda va boshqa sharmandali ishlarda ayblaydi.

«Bu o‘sha, oldingi sotqinlar, bir-ikkitasi Toshkentda yuribdi, ertaga borib, ularni ham ishdan olaman!» deydi prezident.

Ushbu yig‘ilishdan ko‘p o‘tmay, 31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Inoyatovni ishdan bo‘shatgandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilingandi.

Video: https://youtu.be/Z6KljdLpAMk

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2017
27 fevral kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in halokati aks etgan video qo‘yildi. Bunda piyodalar yo‘lagiga parkovka ...
18 iyun 2018
Joriy oy so‘nggida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (O‘YoI)ning navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tadi va unda mazkur tashkilot rahbari, prezidentning yoshlar siyosati ...
8 aprel 2016
Gazetaning yozishicha, bu yildan boshlab kollej bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama shartnoma tuzish tartibi joriy etilgan. Endi shahar, tuman hokimliklari ...
30 dekabr 2019
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyuradi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoev ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...