Asosiy mavzular
2 may 2018

Shavkat Mirziyoev: Turkiya bilan oramizdagi muzlarni eritdik!

1 may kuni Turkiya prezidenti Rejab Toyib Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga rasmiy safari nihoyasiga yetdi.

O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani haqida 30 aprel kuni Turkiya prezidenti Rejab Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan brifingda prezident Shavkat Mirziyoev bayonot berdi.

«Turkiya – buyuk turk millatlarining vatani bu! Biz endi birlashishimiz shart! Oramizga qandaydir ishonchsizlik, sovuqlik tushib qolgan edi. Lekin ikkovimiz bir bo‘lib bu muzlarni eritdik va bu muz endi hech qachon bo‘lmaydi!» dedi Mirziyoev.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbarlarining Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolangan, ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
21 yanvar 2019
Bugun prezident Mirziyoev Berlinda. Men so‘nggi 10 yilni o‘tkazgan va menga Islom Karimov mustabidligidan boshpana bergan sevimli shahrimda.  O‘zbekiston ...
26 may 2018
Feysbuk tarmog‘ida Haqiqat ko‘chasi tugagan joydagi yo‘l belgisi mashhur bo‘ldi. Aftidan selfida Toshkent viloyatining, Yangibozor tumanidagi poytaxtga ketadigan yo‘l ...
30 yanvar 2020
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoeva 29 yanvar kuni arizalariga ko‘ra lavozimlaridan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...