Asosiy mavzular
19 may 2018

O‘quvchilar manglayiga «2» qo‘ygan pedagoglarga chora ko‘rildi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari manglayiga ruchka bilan «2» qo‘ygan o‘qituvchilar ishi prokuraturaga oshirildi. Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi yig‘ilishida 8 kishi ishdan olindi, 5 kishiga hayfsan berildi.

Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov «Davr» telekanaliga intervyusida bu holatni yoritgan jurnalistlardan minnatdorligini bildirdi.

«Chunki bu maqolalar saytlarda e'lon qilinmaganida bolalarimiz yanada qiynalgan bo‘lardilar», dedi u.

Voqealar 11 may kuni peshanasiga «ikki» raqami yozilgan» o‘quvchilarning rasmlari ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lishi bilan boshlandi.

Instagram, telegram, feysbuk sahifalarida ko‘chirib bosilgan rasmlarni o‘n mingdan ziyod yuzer tomosha qildi va izohladi.

«Davr» telekanali jurnalisti Lobar Po‘latovaning o‘rganishicha, Bekobod shahridagi 5-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Muborak Hamdamova she'r yodlamagani uchun jazo tariqasida 1-j sinfining to‘rt o‘quvchisi peshonasiga 2 raqamini yozgan.

Bekobod shahridagi 5-maktab psixologi Xosiyat Omonova TVga bergan intervyusida Muborak Hamdamovaning aybiga iqror bo‘lgani, biroq aslida bu rasmlarni uning hamkasbi Saodat Rahmonova suratga olib tarmoqqa joylash bilan yana bir jinoyatga yo‘l qo‘yganini aytadi.

«Bolalarni lavashga olib boraman, deb aldab rasmga tushirib, keyin o‘chirib tashlagan yozuvni», deydi maktab psixologi.

Peshanasiga «2» qo‘yilgan o‘quvchilar rasmini tarqatgan muallima bu harakatiga ota-onalardan birining bu haqdagi shikoyatini shahar xalq ta'limi bo‘limi ko‘rib chiqmagani majburlaganini bildiradi:

«To‘rtta bolaning peshonasiga ruchka bilan «ikki» qo‘ygan. Birinchi marta qo‘yganida bola uyalganidan o‘chirib tashlagan. Ikkinchi marta majburlab, qalin qilib qo‘ygan. U uyiga shunday qilib yig‘lab ketdi. Keyin uning ota-onasi shahar xalq ta'limi bo‘limiga arz qilib bordi. Shahar xalq ta'limi bo‘limi ko‘rib chiqmadi uning arzini. Vaqti bo‘lmadi ularning. Bolaning otasi «keling, ijtimoiy tarmoqqa chiqaramiz, yordam qiling mening bolamga, rasmga oling meni bolamni» dedi. Majbur bo‘ldim bu ishni qilishga», deydi u.

O‘zbekistonda ota-onalar ta'lim mutasaddilariga ta'sir o‘tkazishda ijtimoiy tarmoqlardan ilk bor foydalanishayotgani yo‘q.

Masalan, shu yilning martida kollej o‘quvchisini kavush bilan urib jazolagan urganchlik o‘qituvchi, shuningdek bolalarni daftar bilan urgan jizzaxlik bog‘cha tarbiyachisi videolari tarqalgandi.

O‘tgan yilning martida esa o‘quv quroli bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgan farg‘onalik o‘qituvchi, shuningdek, surxondaryolik «tarbiyachi ayol»ning yosh bolalarga pichoq o‘qtalib tahdid solgani videolari tarqalgandi.

Rasmiylar tomonidan yuqoridagi barcha holatlarda huquqbuzar pedagoglarga nisbatan chora ko‘rilgani aytiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2017
Prezidentning 15 fevraldagi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratilib, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya ...
16 avgust 2017
2018 yilgi Green Card lotereyasi natijalariga ko‘ra, Amerikada yashash imkonini olgan g‘oliblar miqdori bo‘yicha O‘zbekiston beshlikdan o‘rin oldi. Beshlikka ...
7 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni mamlakat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda maska taqish zarurligi haqida ...
4 sentyabr 2017
O‘zbekiston muxolifati lideri Muhammad Solih Interpol qidiruv ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Muhammad Solihning o‘zi Eltuz muxbiriga aytib berdi. Solihga ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...