Catira
29 may 2018

Video: Gulnoraning korruptsiya pullarini mamlakatga qaytarishga shoshmang!

Bir necha o‘zbek faollari 23 may kuni Shveytsariya hukumatiga O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qiziga tegishli aktivlarni qaytarish uchun shoshilmaslik chaqirig‘i bilan chiqishdi.

Ular, bu pullarni O‘zbekistonda real aksilkorruptsiya mexanizmlari va haqiqiy adolat o‘rnatilganidan keyingina qaytarish lozimligini bildirishmoqda

Asosiy ma'lumot

Eslatib o‘tamiz, 2012 yili Shveytsariya prokuraturasi, haqiqiy egasi Gulnora Karimova bo‘lgan, Takilant, Swisdorn va boshqa ofshor shirkatlari aktivlari ustidan jinoyat ishi tergovini boshladi.

Shveytsariya prokuraturasi Shveytsariya banklarida va boshqa joylarda saqlanayotgan 800 mln. frankni muzlatdi.

Shuningdek, pul yuvish ishi bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atdi.

800 million shveytsariya franki Gulnora Karimovaning telekommunikatsiya shirkatlaridan ularning O‘zbekistondagi biznesiga «raxnamoligi» uchun olgan porasi edi.

Shveytsariya prokuraturasi o‘tkazgan tergov, Karimova moliyaviy imperiyasini inqirozga, yaqin sheriklarining esa uni jinoyatda ayblashiga va shuningdek, 2017 yili Karimovaning jinoyatda ayblanib, qamalishiga olib keldi.

Karimova ustidan sud jamoatchilikdan yopiq va xalqaro adliya tamoyillarining buzilishi holatida o‘tdi.

Garchi O‘zbekistonning yangi prezidenti islohotlar olib borayotganini ta'kidlayotgan bo‘lsada, faollar o‘zbek xalqidan o‘g‘irlangan pullarni to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumatga qaytarishga hali ertaligini aytishmoqda.

Aktivlarni qaytarish jarayoni korruptsiyaga qarshi mexanizmlar, mustaqil sud va shuningdek jamiyatga hisobotdorlik, shaffoflik tamoyillarining o‘rnatilishi yuzasidan islohotlarni rag‘batlantirishi lozim.

Filmdan skrinshot: «Sorruptistan» N-map – 2017
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 may 2017
Ijtimoiy tarmoqda kartoshka savdosi bilan bog‘liq janjal va turnaqator navbatlar aks etgan tasvirlar bot-bot paydo bo‘la boshladi. O‘zbekistonda eng ...
4 yanvar 2018
So‘nggi ikki hafta ichida mamlakat viloyatlari bo‘ylab jami 54 ta militsiya postlari tugatildi. IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, tugatilgan postlarning, ...
9 oktyabr 2017
Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi. 7 ...
18 yanvar 2018
18 yanvar kuni Samara-Chimkent avtoyo‘lida yonib ketgan eski «Ikarus» avtobusida 52 nafar o‘zbekistonlikning halok bo‘lishi ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...