Asosiy mavzular
26 iyun 2018

Dilmurod Sayyid: Ayolim va qizim avtohalokati sabablari ochiqlansin

Huquq faoli Dilmurod Sayyid qamoqdaligida uni ko‘rishga borayotgan payti avtohalokatga uchragan qizi va rafiqasi ishi yuzasidan 25 iyul kuni bosh prokuror Otabek Murodovga ochiq xat yozdi.

«Men shikoyatimda beshta jihat haqida yozgandim: Avariyadan oldin prokuratura xodimlari tomonidan 5 yashar qizimga avariyadan oldin qilingan harakat, nimaga ularga chora ko‘rilmagan, ayolimga tegishli sim karta oradan ikki kun o‘tib, voqea joyidan 200 km naridagi «Dalnыy lager» degan joydan topilgan, ayolim olib kelayotgan hujjatlarning ko‘p qismi yo‘qolgan, keyin voqea sodir bo‘lgan joyda GAI xodimiman deya qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning kimligiga aniqlik kiritilgan emas…», deydi Dilmurod Sayyid «Eltuz» nashriga bergan intervyusida.

Ochiq xatida u yaqinlarining sirli halokati yuzasidan prokuraturaga yo‘llagan shikoyatiga olgan javobidan qoniqmaganini bildirgan.

«Bu narsa yangi ish sifatida o‘rganilishi kerak edi. Ularning javob xatida go‘yo men ulardan tovon puli undirish haqida yozgan bo‘lib chiqyapman», deydi huquq faoli.

Fojea 2009 yilning 5 noyabrida yuz bergan. Qamoqdagi Dilmurod Sayyidni ko‘rgani ketayotgan yaqinlari o‘tirgan yengil avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida rafiqasi Jumanova Barno va voyaga yetmagan qizi Saidova Ruhshona halok bo‘lgan edi.

«Masalan, men bu yerda uyushtirilgan degan fikrdan yiroqman, lekin ular uyushtirilmaganini ham isbot qilib bera olishmagan…», deydi huquq faoli «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida.

Shuningdek, Dilmurod Sayyid bu xatni yoyinlashdan maqsadi prokuraturani yopiq qolayotgan ish tafsilotlarini ochiqlashga, qonunni hurmat qilishga chaqirishdan tashqari, voqeaga jamoatchilik e'tiborini qaratish ham ekanini aytadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 may 2018
Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanidagi yig‘ilishda 19 may kuni so‘zlagan nutqida, kun.uz nashrining iqtibos keltirib bildirishicha, prezident Mirziyoev O‘zbekiston uchun ...
3 avgust 2016
Viloyat hokimi Shuhrat G‘anievning bug‘doydan bo‘shagan yerlarga mosh ekish haqidagi topshirig‘i, o‘z yerlariga boshqa ekinlar ekib, katta mehnat va ...
25 fevral 2019
«O‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekiston siyosiy elitasining tashqi ko‘rinishi o‘zgardi. Elita avvalgidan ochiqroq, aholi bilan yangi aloqalar o‘rnatishga tayyor, ...
21 aprel 2021
O‘zbekistonda Rassomlar kuni munosabati bilan bugun – 21 aprel sanasida rassom Elsevar do‘stlik hazili sifatida hamkasbi rassom Tuz rasmini ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...