Mullalar jinsiy hayotidan ikki video tarqaldi
Internetda tarqalgan yosh qiz bilan jinsiy aloqa qilayotgan domla videosi tafsilotlari va shaxsi «Eltuz»ga ma'lum bo‘ldi.
Video 2017 yili Xorazmda MXXning ikki xodimi tomonidan suratga olingan. Unda o‘z uyida yosh ayol bilan gaplashib o‘tirgan 61 yoshli xorazmlik A.O. ismli erkak aks etgan (axloq yuzasidan «Eltuz» bu shaxslar ismini sir tutadi).
Yana «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, MXX xodimlari yosh qizni erkakning oldiga atay jo‘natishgan va ular «ishning qizig‘i»da bostirib kirishadi.
Kamera bilan beso‘roq kirib kelgan erkaklarni ko‘rib, qiz ich kiyimlarini kiya boshlaydi. Bostirib kirgan yigitlar qariyani izza qilishadi. «Uyimda o‘tiribman, ha? Uylanmoqchiman, gaplashdim. Xotinim yo‘q», – deydi erkak.
Yana «Eltuz»ga ma'lum bo‘lishicha, shu kuni MXX xodimlari erkakning «diniy kitoblari»ni musodara qilishgan
Ikkinchi video
Ijtimoiy tarmoqda ayol bilan jinsiy aloqa qilayotgan keksa yoshdagi erkakning suratga olinib, kalaka qilinishi bilan bog‘liq yana bir video tarqalgan.
Bu safar mashinada «bo‘layotgan ish» tasvirga olinadi. «Axir biz sizni mulla qilib (saylab) qo‘yibmiz», deydi erkakni kalaka qilayotgan yigit.
Har ikki video Xorazm mintaqasida olingan. Har ikkala videoda ham erkakning dindor va mulla ekaniga ishora qilinadi.
Shaxsiy hayotga nohaq aralashuv
Ijtimoiy tarmoqda o‘rta yoshlardagi bu erkakni malomat qilayotganlar ko‘pchilikni tashkil etayotganini kuzatish mumkin.
Ularning aksariyati «jamiyatning mullalardan boshlab buzilgani»ni iddao qilishadi, qolgan qismi «qizning uyati yo‘qligi»ni yozishadi.
Ayrim yuzerlar esa «operativniklar»ning erkakni seks bilan shantaj qilishini hech bir oqlab bo‘lmasligini yozishadi.
«Videoga olganni va ularni boshlab kelganni jazolash kerak», deya yozadi yuzerlarning biri.
Eltuz.com