Intim videosi tarqalgan mulladan da'vosi yo‘qligi co‘raldi
Yosh ayol bilan intim videosi internetda tarqalgan 61 yashar xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov urganchlik to‘rt nafar militsiya xodimi uyiga kelib undan «Militsiyaga davoim yo‘q» deb yozib berishni talab qilayotganini «Eltuz»ga bildirdi.
Lekin mulla militsiya xodimlarini hech kechirmoqchi emasligi va bunday tilxatni yozib bermasligini aytmoqda.
«Militsiya arxivida turgan vajni 6 yildan keyin kim borib chiqara oladi? Qaysi o‘g‘ri bu videoni militsiya arxividan olib xalqqa tarqata oladi militsiyadan boshqa?» deydi Otajonov.
Uning tag‘in «Eltuz»ga bildirishicha, bu videoni olganlar va tarqatganlar Urganch shahri IIB rasmiylaridir.
«O‘zlari ishni qilib qo‘yib, kecha yana 4 melisa meni qo‘rqitishga kelib turibdi. «Yozib berasanmi militsiyaga davoim, dalolatim yo‘q meni!» deb. Mening dalilim yo‘q bo‘lsa, unda kim, devormi bu videoni chiqardi? Yoki osmondan tarelkada uchib kelib bu videoni olishdimi?»
«Men o‘zimni o‘zim osib o‘ldiraman. Mozorimni tayyorlab qo‘yibman milisalar qilgan ishi uchun. Men hali yana 20 ta joyga militsiyalar qilgan ishi uchun o‘lishim haqida yozib jo‘natganimdan keyin o‘laman. Bu militsiyalar qilgan ishi uchun javob bersin», dedi «Eltuz»ga Abduhamid Otajonov.
Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, militsiya xodimlari bu voqea haqidagi maqola «Eltuz» nashrida bosilgan 23 avgustdan keyin bir hafta o‘tgach kelishgan.
Videoda mullaning yosh ayol bilan jinsiy aloqa qilayotgani ustiga qo‘qqisdan kirib kelgan shaxslar bilan bo‘lgan voqea aks etgan.
Otajonovning aytishicha, 18 avgustdan boshlab Internetga qo‘yilgan shov-shuvli videodagi voqea aslida olti yil burun sodir bo‘lgan edi.
Eltuz.com