Asosiy mavzular
3 oktyabr 2018

Yaponiyada bosqinchilik qilgan o‘zbek hibsga olindi (video)

Yaponiyaning NHK, TBS va JNN axborot manbalari xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, Andijon viloyatida tug‘ilgan va Yaponiyadagi kasb-hunar kollejida chet ellik talaba sifatida tahsil olayotgan Muhammadsaid Fazliddinov bosqinchilikda ayblanmoqda.

U Tokio viloyatining Akishima shaharchasidagi do‘konlarning birida bosqinchilik qilganlikda gumonlanib, mahalliy ichki ishlar boshqarmasi tomonidan 28 sentyabr kuni qo‘lga olingan.

Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi do‘kon sotuvchisiga tan jarohati yetkazib, 800.000 ien ($ 7100 atrofida) pulni o‘g‘irlab olib chiqib ketgan.

Muhammadsaid Fazliddinov 2017 yilning sentyabr oyida Yaponiyaga talaba vizasi bilan ta'lim olgani kelgan.

Bosqinchilik, pul o‘g‘irlash jinoyati uchun Yaponiya Jinoyat kodeksi asosida 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.

Umuman olganda, bunday jinoyatlar o‘zbeklar o‘rtasida tez-tez uchrab turibdi. Supermarketlarga kirib, rastalardagi oziq-ovqat mahsulotlarini bemalol olib chiqib ketishyapti. Shuningdek, poezd, metrolarda ham yurish-turish madaniyatiga rioya qilmay, yo‘lkira haqini to‘lamay, chiqish eshigidan qochib ketishyapti.

Yaponiyaga, asosan, Andijon, Namangan va samarqandliklar yapon tili maktabiga talaba vizasi bilan boradilar. Ular tilni mukammal o‘rganmay turib, qoida va shartnomaga amal qilmay, ikki-uch oyda maktablardan qochib, noqonuniy ishlab yurishibdi. Ba'zilari ish topa olmay, o‘g‘irlik, firibgarlik yo‘liga o‘tib ham pul topishmoqda.
Bu esa yaponlar o‘rtasida juda keng muhokama qilinayotir.

Ba'zi internet nashrlarida yaponlar izoh qoldirib: “O‘zbekiston haqida ijobiy fikrda edim. Bunday voqealarni eshitib, o‘zbeklar haqidagi fikrlarim salbiylashib boryapti”, deb yozmoqda.

Yana boshqalari esa: “O‘zbeklar pul uchun o‘g‘irlik qilishgacha borishini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, deb yozadi.

Bu voqea feysbukdagi Yaponiya va O‘zbekiston jamiyatlari guruhida keng muhokamada bo‘lyapti.

Bu mavzudagi videoni «Eltuz»ning yutub kanalida ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/rWkXRatFOXU

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 fevral 2018
Turkmaniston prezidentining kuyovi, 28 yoshli Ibabekir Bekdurdiev (Guga) 1 million dollardan ortiq narxdagi qo‘l soatlari taqadi. Ularni taqib, o‘zining ...
19 yanvar 2017
Istanbul Terrorga qarshi mujodala sho‘'ba mudirligida 45 soatdan beri davom etayotgan tergovda O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipovning tergovchilar savollariga bergan ...
20 dekabr 2020
Biz ayollarda o‘z «men»ini erkak fikri, mavqei bilan tasdiqlatib olish instinkti bor ekan, buni hozir o‘ylab qoldim. Aslida bu ...
16 iyun 2023
RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizla? Jollimisizlo, mo‘chchi bika, ham xo‘jik birrilo… ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...