Asosiy mavzular
9 oktyabr 2018

Suriyadagi janglarda Rossiya yollagan o‘zbek shaxsi ochiqlandi (video)

Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya harbiy razvedkasining 206 nafar shtatsiz jangarisi ro‘yxatini ochiqladi. Ular «Vagner» deya atalmish guruh a'zolari bo‘lib, Suriyadagi janglarda ishtirok etishgan. Ular orasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari vatandoshlari ham bor.

Rossiyaning yollagan jangarilari haqidagi ma'lumotni UXX 7 oktyabr kuni ochiqladi. Hisobotda Ukrainaning ikki, O‘zbekistonning bir fuqarosi shaxsiga oid alohida hujjatlar keltirilgan.

Hisobotga kiritilgan qo‘shimcha alohida ma'lumotda «Vagner» guruhiga yollangan O‘zbekiston vatandoshi 30 yashar Mamajonov Dilshod Mashrabjonovich nomi aytiladi.

UXX ma'lumotiga ko‘ra, namanganlik Dilshod Mamajonov fevral oyidagi janglarda og‘ir yarador bo‘lib, Suriyadan Rossiyaga jo‘natilgan.

Ukrainaning «Vagner»ga yollanganlar tarkibidagi ikki vatandoshi oldin Qrim annektsiyasida ishtirok etgan sevastopollik Korolenko Oleg Arkadevich va Oganesyan Roman Grigorevich Suriyadagi janglarda halok bo‘lishgan.

O‘zbek va ukrainlardan tashqari UXX 2018 yilning 7 fevralidagi janglarda halok bo‘lgan uch nafar qirg‘izistonlik, ikki nafar moldovalik, olti nafar rossiyalik, shuningdek, turli darajada yarador bo‘lgan va tirik qolgan Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus va boshqa respublikalar vatandoshlari haqidagi ma'lumotlarni ham ochiqladi.

Rossiyaning Suriyadagi jangovar harakatlarida ishtirok etgan, «Vagner»ga yollangan 206 nafar shaxsning to‘liq ro‘yxati UXX saytida e'lon qilingan.

«Vagner» nima degani?

Vagner xususiy xarbiy shirkati Rossiyaning yollanma jangarilardan tarkib topgan harbiy tizilmasidir. U 2013 yili tashkil etilgan bo‘lib, qator «olovli nuqtalar»dagi harakatlarda ishtirok etgan.

Jumladan, «Vagner»ga yollanganlar Donbassda Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida turib urush olib borishgan, Suriyada esa Asad rejimini himoya qilishgan, shuningdek, Sudandagi janglarda qatnashishgan.

Rossiya yollanganlarni rasmiy darajada tan olmaydi. Biroq Rossiya matbuotida ushbu xususiy harbiy shirkat «Vagner» laqabi bilan ko‘proq tanilgan, Rossiya armiyasining iste'fodagi podpolkovnigi Dmitriy Utkinga qarashli harbiy kuchlar sifatida eslanadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 mart 2019
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari, 4 farzandning onasi, 35 yashar Nargiza Saidovaning feysbuk yuzeri Hayot Baxtiyoro‘g‘li ...
3 oktyabr 2015
Surxondaryo viloyatida Soliq Inspektsiya xodimlari oshxona va do‘konlarga kechasi soat 21:00 larda kirib korxona raxbarlariga do‘q qilib: «Agar ertagayoq ...
17 iyul 2016
Amalga oshmagan harbiy to‘ntarish ortidan 2745 sudya lavozimidan chetlatildi. Ular orasida Turkiya Oliy xakamlar kengashining 5 a'zosi bor. Ular ...
29 oktyabr 2024
“Agar boshliq bizni o‘zi yashagan ko‘chadan ko‘chirib yubormasa, shuning o‘zi katta baxt” degan edi frantsuz dramaturgi Per de Bomarshe. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...