Asosiy mavzular
6 fevral 2019

Shved siyosatchilari Mirziyoevga ishonch bildirishdi

Shvetsiyadagi SILK – Shved xalqaro liberallar markazi 5 fevral kuni o‘zbek jamoatchiligi, shved diplomatlari, huquq faollari va siyosatchilari ishtirokida «O‘zbekiston qaysi yo‘ldan ketmoqda?» mavzuida davra suhbati uyushtirdi.

Shved liberal partiyasi faoli Osa Nilssonning «Eltuz» muxbiriga bildirishicha, u O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevni islohotlar qilish ishtiyoqidagi inson sifatida ko‘rmoqda.

«Biroq buning uchun muxolifat partiyalariga, o‘zgarishlarga vaqtida javob oladigan jamiyatga ehtiyoj bor. Biz bu jarayonni kuzatib boramiz», deydi shved siyosatchisi.

O‘zbekistonda Shvetsiyaning elchixonasi yo‘q. Diplomatik aloqalar ikki davlat elchilarning bordi-keldisiga asoslangan. Yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib qaytgan elchi Ingrid Tersman (Ingrid Tersman) ham «Eltuz» muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekistonda ijobiy o‘zgarishlarga umid borligini bildirdi.

Shved diplomatining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi muammolar ko‘proq unga qo‘shni davlatlarning manfaatlarida ko‘zga tashlanadi:

«Albatta, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan chegaralari va o‘zaro munosabatlari bor. Janubda Afg‘oniston bilan chegaradosh va ayni sabablarga ko‘ra, Rossiyaning manfaatlari va tarixiy bog‘liqligi mavjud. Bundan tashqari, Xitoy o‘zining tarixiy jo‘g‘rofiyasi va katta investitsiyalari bilan kirib kelayotgani ko‘zga tashlanadi».

Tadbir ishtirokchisi, o‘zbekistonlik faol Po‘lat Oxunovning fikricha, umumiy xulosa O‘zbekiston ijobiy yo‘ldan ketyapti, degan mazmunda bo‘ldi.

«Lekin bu umumiy xulosa. Har bir soha – inson huquqlari, axborot vositalari erkinligi, siyosiy, iqtisodiy erkinliklar bo‘yicha, hammasida muammolar bor. Shu muammolarni gapirdik», dedi Oxunov «Eltuz»ga bergan intervyusida.

Biroq shvedlarda O‘zbekistondagi o‘zgarishlar salbiy yo‘nalishda davom etishidan jiddiy xavotir bor. Diniy ekstremizmda ayblangan o‘zbeklar ustidan Shvetsiyada davom etayotgan sudlar, mamlakatga O‘zbekistondan nolegal qochqinlar oqimining kuchaygani ayni xavotirlarga asos bo‘lmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan hayoti, birga Islomni qabul ...
19 aprel 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 19 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
17 mart 2016
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpo‘latovga asoslanib yozishicha, Navro‘z bayrami arafasida xavfsizlikni ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...