Asosiy mavzular
9 may 2019

O‘zbek jurnalisti rohinja musulmonlari genotsidi haqida film taqdim qildi

Britaniyada yashayotgan mustaqil jurnalist Shohida Yoqub Birma (Myanma)dagi rohinja musulmonlariga qarshi zo‘rovonliklar haqidagi «Exiled» («Haydalganlar» yoki «Istalmaganlar») deya nomlangan filmni ishlash jarayoni nihoyasiga yetganini «Eltuz»ga bildirdi.

«Rohinja masalasi – bu genotsid masalasi. Bu davlat tomonidan, ya'ni harbiy xunta tomonidan qilingan. Bu tasodifiy narsa emas», dedi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida film muallifi Shohida Yoqub.

Film Myanma armiyasi va buddaviylari tomonidan mamlakatda yashayotgan rohinja musulmonlariga qarshi shafqatsiz zo‘rovonliklar, qotilliklar haqida hikoya qiladi.

«Ilk bor rohinja musulmonlarini haydash Birmada diktatura o‘rnatilgan 1978 yili, keyin 1992 yilda amalga oshirilgan. O‘shanda 200 mingdan ortiq odam Bangladeshga haydalgan. Biroq Birma formal jihatdan demokratiyaga o‘tdi deya qaralgan 2012 yili uylarni yondirish, ayollarni va erkaklarni zo‘rlash boshlandi», deydi film muallifi «Eltuz»ga bergan intervyusida.

Shohida Yoqub demokratiya to‘lqinida hokimiyatga kelgan Birmaning bugungi rahbari, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, 20 yil uy qamog‘ida bo‘lgan Aun San Suji ochiq jamiyat ishonchini qozonmagani, irqchi va islomofob bo‘lib chiqqanini aytadi.

«Birma judayam bir irqchi jamiyat. Aun San Suji demokratiyaning emas, diktaturaning himoyachisiga aylangan», deydi Shohida Yoqub «Eltuz» bilan suhbatida.

Rohinja xalqi, BMTga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p ta'qibga uchragan milliy ozchilikdir. Ular hamon Bangladeshdagi qochqinlar lagerida qolishmoqda. Myanma hukumati esa ularni nolegal immigrantlar hisoblab, qaytishlariga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Video: https://youtu.be/VMDfWCXS0_4

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2015
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yashar o‘zbek yigit 18 qavatdan yiqilib o‘ldi. Eltuz.com
7 aprel 2020
«Eltuz» rassom Kirpining koronavirus karantini turkumidan yangi karikaturasini taqdim etadi.
13 fevral 2018
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi. O‘zbekiston ...
8 sentyabr 2018
Stokgolm sudida Telia shirkati va Gulnora Karimova o‘rtasidagi korruptsiya ishini kuzatayotgan SVT telekanali jurnalisti Elin Yonnsson «Eltuz» muxbiri bilan ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...