Asosiy mavzular
22 may 2019

Eksport uchun ekin ekkan fermerning yeri paxta klasteri uchun tortib olindi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida fermerlik bilan shug‘ullanayotgan Haydarali Islomov yeri tortib olingani bois Turkiyaga 100 tonna shivit (ukrop) va 60 tonna no‘xat yetkazib berish shartnomasi barbod bo‘lgani haqida bildirdi.  Huquq himoyachilari Yelena Urlaeva i Malohat Eshonqulova 19 may kuni fermer bilan uning dalasida uchrashishdi.

Shu yilning boshida fermer 5 gektar dalaga ukrop ekkan va no‘xat ekish uchun dalaga ishlov bergan. Mart oxiriga kelib, o‘z yonidan 67 million so‘m xarj qilib, ekish ishlarini tugatgach, hokimlik unga yeri paxta klasteri uchun olib qo‘yilganini bildirgan.

Fermerning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilning aprelida eksport mahsulotlari yetishtirish uchun 30 yilga ijaraga yer olgan va 130 million so‘mlik no‘xat va shivit yetkazib berish uchun turk shirkatlari bilan shartnoma imzolagan.

«2018 yili hokimlik meni qizil qalampir ekishga majburlagan edi, bu menga katta zarar keltirdi. Bu yil men yana pul sarfladim. Yilning boshida yerning klasterga berilishi haqida ogohlantirishmadi. Men yerga ishlov berdim, urug‘ sotib oldim. Endi men qarzimni qanday qaytaraman va Turkiyaga mahsulot yetkazib berish shartnomasini qanday bajaraman?»- deydi Islomov huquq faollariga.

Fermer o‘z yerining qaytarilishi va zararning qoplanishini so‘rab xo‘jalik sudiga murojaat qildi. Birinchi instantsiyada yutqazgach, 2 may kuni apellyatsiyaga shikoyat jo‘natdi, biroq hokimlik 30 aprel kuni traktor olib kelib uning yerlarini surib, barcha shivit hosilini yo‘q qildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 iyun 2016
Yildan yilga mamlakatda aholi sonining oshishi, pul topish qiyinlashgani va o‘qish sifatining pasaygani bois Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ...
19 aprel 2022
O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt ...
17 avgust 2017
Matluba Azamatova 1965 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutida tahsil olgan. Britaniyaning IWPR instituti va Bi ...
16 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...