Asosiy mavzular
10 sentyabr 2019

Mahmud Rajabning telefoni ro‘yxatidagilar tergovga chaqirildi

Qoraqalpog‘iston IIV tergov boshqarmasi mahalliy huquq faoli Azimboy Otaniyozov, shuningdek, uning qizi va ayolini 7 sentyabr kuni shoir Mahmud Rajab ishi yuzasidan guvoh sifatida tergov qildi.

«Ne gap desam, shu Xorazmdagi ochilgan ish bo‘yicha guvoh sifatida chaqirilyapsiz, deb aytishdi», deydi Otaniyozov.

Azimboy Otaniyozovning «Eltuz»ga bildirishicha, avvaliga 5 sentyabr kuni Rahim ismli, keyin Alisher ismli terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari og‘zaki tarzda uning tergovga kelishni talab qilishgan, keyin esa chopar yuborilgan.

Otaniyozov  astoydil talab qilganidan keyingina 6 sentyabr kuni tunda chaqiruv qog‘ozi olganini aytadi:

«Kechasi tunda berib ketishda povestkani menga, ayolimga va Nasiba degan qizimga».

Tergovga nima uchun ayoli va qizi chaqirilgani sababini Otaniyozov aynan ularga tegishli simkartalardan xorazmlik shoir Mahmud Rajabga oid aloqa kontaktlari chiqqani bilan izohlaydi:

«Haqiqatan ham sizning simkartangizmi? O‘zingiz foydalandingizmi? Qancha vaqt foydalandingiz?» singari savollar berildi ayolimga. Menga berilgan savollar endi ko‘proq. Qanday munosabatdasiz? Qanday aloqalaringiz bor? Mahmud Rajabning kitob olib o‘tganidan xabaringiz bormi? Men aytdim, paxtachilik sohasida monitoring o‘tkazamiz. Mahmudning ham, mening ham ishimiz shu. Seminarda tanishganmiz».

Huquq faoli muxolifat yetakisi Muhammad Solih kitoblarini chegaradan olib o‘tgan xorazmlik shoir Mahmud Rajab ishidan tashqari, «Bu kunlar» romani uchun O‘zbekistonda ta'qibga olingan yozuvchi Nurilla Otaxonov (Muhammad Raufxon) ishi bo‘yicha ham uni so‘roq qilishganini aytadi.

«Muhammad Raufxonni ham bu yerda dissident qilib ko‘rsatib, o‘sha bo‘yicha ham ayblamoqchi bo‘layapti-da. Mantiqsizlikni qarang! Tashqaridan elektron kitob olib kirib tarqatganidan xabaringiz bormi, degan savolga men, «Elektron kitob olib kirilmaydi, u xohlagan joydan internet orqali tortib olinadi. U bo‘yicha ayblash mantiqsiz, chunki Muhammad Raufxonning o‘zi ochiq Toshkentda yashayapti. Kitobini xohlagan odam olib o‘qiyapti. Men ham internetdan olib o‘qiyman dedim», dedi huquq faoli.

Bundan tashqari, Otaniyozov shu kuni paxta monitoringi bilan shug‘ullangan yana bir huquq faoli ham tergovga chaqirilganini bildiradi:

«Farg‘onalik Sharifa Madrahimovani ham o‘sha kuni chaqirishibdi telefon orqali. Sharifaning menga bergan savollari bor ekan telegramda.

«Meniyam chaqiryapti, nima so‘raydi, nima qo‘yadi?» deb. «Mahmudning telefon ro‘yxatida bor odamlar chaqirilayotgan ekan. Guvoh sifatida borasiz. Ammo povestkani (chaqiruv qog‘ozi)ni  talab qiling. Busiz bormaslikka haqingiz bor, dedim».

Joriy yilning 10 may kuni shoir Mahmud Rajabning uyida IIB xodimlari tintuv o‘tkazgani, keyinchalik Milliy universitet domlalaridan iborat ekspert guruhi bu kitoblarni qoralab xulosa berishgani, ekspertiza xulosasidan norozi bo‘lgan Mahmud Rajabning iltimosnomasi rad etilgani, undan avval esa chegarada Mahmud Rajabning yonidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani  haqida “Eltuz” xabar bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
19 aprel 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 19 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi ...
31 yanvar 2017
«XXI asr» gazetasi (26.01) O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroqo‘mi va parlamentdagi fraktsiyasining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi haqida maqola ...
4 may 2022
Hojimurod o‘z qahramonliklari bilan dong chiqargan, biror yoqqa borganida tug‘ ko‘targan, atrofida ot o‘ynatib, uni kuzatib boruvchi o‘nlab muridsiz ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...